«Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida ko‘rinmas «Xitoy devorlari» bor» -Kamoliddin Rabbimov
Bugun 5 ta respublika o‘rtasida ko‘rinmas «Xitoy devorlari» va liderlikka da’volar mavjud. Markaziy Osiyo to‘laqonli mintaqa bo‘lishi uchun yagona taqdir ekanini anglash hamda o‘rtadagi salbiy munosabatlarni yuvib tashlash kerak, deydi siyosatshunos.
Kun.uz muxbiri so‘nggi vaqtlarda faollashayotgan Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi integratsiyaga intilish jarayonlari, bu boradagi muammo va yechimlar, uning siyosiy oqibatlari mavzusida siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov bilan suhbatlashdi.
Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyaga intilishni rivojlantirish va keyingi mustahkam qadamlarni qo‘yishda nimalarga e’tibor qilishi kerak?
– Dunyoda mavjud katta tajribaga ko‘ra, davlatlardan ham ko‘ra avvalo jamiyatlar integratsiyalashuvi lozim. Bugun 5 ta respublikalar o‘rtasida ko‘rinmas «Xitoy devorlari», millatlararo munosabatlarda salbiy nuqtalar yoki liderlikka da’volar mavjud. To‘laqonli mintaqa bo‘lish uchun – yagona taqdir ekanini anglash kerak. Buning uchun o‘rtadagi salbiy munosabatlarni yuvib tashlash, ularga tizimli yechimni yo‘lga qo‘yish va yagona subsvilizatsiya ekanini namoyish qilish kerak.
Yevroittifoqda davlatlar o‘rtasida chegara emas, yozuvlar bor xolos. Bizda esa mintaqani qo‘yib turing, O‘zbekistondagi viloyatlar o‘rtasida ham bahaybat darvozalar, to‘siqlarni ko‘rish mumkin. Haqiqiy integratsiya bu insonlar, g‘oyalar, fikrlar, tovarlar va xizmatlarning erkin, hech qanday to‘siqlarsiz harakatlanish qobiliyatidir. Hukumatlar, jamiyatlar va odamlar ongidagi chegaralarni olib tashlash kerak. Buning uchun biz judayam ko‘p ish qilishimiz va dunyo tajribasidan keng foydalanishimiz kerak.
Intervyuni to‘liq holda yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Farrux Absattarov suhbatlashdi
Tasvirchi va montaj ustasi – Muhiddin Nido
Mavzuga oid
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
16:34 / 08.11.2024
Rossiya Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishini istaydi - Putin
22:15 / 25.10.2024
BMT Markaziy Osiyoni «Tinchlik, ishonch va hamkorlik hududi» deb e’lon qildi
20:43 / 17.10.2024