Joriy yil avgust oyida “Axbor-Reyting” agentligi “Özbekinvest” eksport-import suğurta kompaniyasiga milliy şkala böyiça “Barqaror” prognozi bilan “uzA++” darajasida tölov qobiliyati reytingini berdi.

Belgilangan daraja milliy reyting şkalasi böyiça suğurta kompaniyasining tölov qobiliyatining eng yuqori bahosi bölib, öz majburiyatlarini hamda suğurta polisi egalarining talablarini öz vaqtida va töliq bajarişda nodir qobiliyatga ega bölgan kompaniyalarga beriladi.

Reyting agentligi reyting darajasiga ta’sir qiluvçi bir qator ijobiy omillarni qayd etdi:

- suğurta xizmatlarining keng hududiy qamrovi va assortimenti;

- biznesni kengaytiriş körsatkiçlarining ijobiy tendensiyasi;

- yuqori bozor uluşi va suğurta bozorida yetakçi örni;

- hududlar böyiça suğurta tuşumlarining ijobiy diversifikatsiyasi;

- suğurta kompaniyasi biznes faolligining yuqoriligi va suğurta xizmatlari bozorining asosiy segmentlarini jadal qamrab olişi;

- zamonaviy axborot texnologiyalari va moliyaviy vositalarning faol joriy etilişi;

- yuqori darajadagi tölov qobiliyati;

- tajribali boşqaruv jamoasi.

 Agentlik ta’kidlaşiça, 2021 yil davomida “Özbekinvest” aksiyadorlik jamiyati biznesining kölami va faoliyati körsatkiçlari barqaror sur’atlarda ösdi.

Kompaniyaning amaldagi şartnomalari soni 2020 yil yakunlariga nisbatan 117 foizga oşib, 939,1 mingtani taşkil qildi. Şundan 854,9 ming nafari jismoniy şaxslar bilan tuzilgan.

 “Özbekinvest” aksiyadorlik jamiyatining yiğilgan jami suğurta mukofotlari 2020 yilga nisbatan 147 foizga ösiş bilan 382,8 milliard sömni taşkil etdi.

Kompaniyaning suğurta tölovlari 89,3 milliard sömni taşkil etdi,

bu esa 2020 yilning şu körsatkiçidan 22,7 milliard sömga köpdir, natijada kompaniyaning suğurta sohasi böyiça tölovlar barça hajmidagi uluşi

14,6 foizni taşkil etdi.

Barqaror ösiş tendensiyasi 2022 yilda ham davom etdi. Joriy yilning