«Ozodlikda bölganlarning sönggisi» – sobiq mer va muxolifatçi Yevgeniy Royzman haqida
|23:39 / 25.08.202217 64315 min
Yekaterinburgning sobiq meri Yevgeniy Royzman Rossiya qöşinlari Ukrainaga bostirib kirganidan keyin mamlakatni tark etmagan va ozodlikda qolgan muxolifatçi siyosatçilardan biri edi. 24 avgust kuni unga nisbatan Rossiya qurolli kuçlarini «obrösizlantiriş» aybi bilan iş oçilgani va politsiya uyiga tintuv uçun kelgani ma’lum böldi.
Foto: Vladimir Podoksenov / URA.RU / AP / Scanpix / LETAFoto: Vladimir Podoksenov / URA.RU / AP / Scanpix / LETA
13 iyul kuni Yevgeniy Royzman Twitter sahifasida muxolifatçilar Ilya Yaşin, Vladimir Kara-Murza va Andrey Pivovarov bilan birga tuşgan suratini joylaştiradi. «Birgina men ozodlikdaman», deb yozgandi u.
Bu vaqtga kelib, Yaşin va Kara-Murza «armiya haqidagi feyk xabar tarqatiş» işi böyiça hibsga olingan, Pivovarov ustidan esa «nomaqbul taşkilot» bilan hamkorlik qilgani böyiça hukm çiqarilişi arafasida edi.
Uşbu tvitdan bir oydan ortiq vaqt ötib, 24 avgust kuni ertalab niqobli politsiya va maxsus kuçlar xodimlari sobiq merning uyini tintuv qiliş uçun borişdi, keyin uni olib ketişdi.
«Rossiyada qolgan, uruşga va Putinga qarşi bölgan sönggi taniqli siyosatçi qölga olindi», deya izoh berdi Navalniyning safdoşi Ivan Jdanov.
Yevgeniy Royzmanning Twitter sahifasidan
Siyosatçiga nisbatan «Rossiya Qurolli kuçlarini obrösizlantiriş» moddasi böyiça jinoyat işi oçilgan. Uşbu yangi modda Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin Duma tomonidan tasdiqlangandi. Jinoyat işi aynan şunday xatti-harakatlar uçun ma’muriy javobgarlika tortilgandan keyin oçiladi.
Giyohvandlikka qarşi kuraşçi
Yevgeniy Royzman 1962 yilda Yekaterinburgda tuğilgan. Otasi Uralmaşzavodda energetik, onasi bolalar boğçasida tarbiyaçi bölib işlagan. Uning bobosi va buvisi Ukrainadan Uralga köçib borişgandi.
Royzmanning özi köplab intervyularida yomon öqigani va bir neça marta maktabni almaştirganini aytadi. Ösmirlik çoğida u otasi bilan janjallaşib, oilani tark etgan. Keyinçalik koloniyaga tuşib qolgan: 17 yoşiga yetar çoğida öğirlik, firibgarlik va sovuq qurolni noqonuniy saqlaşda ayblanib, şartli ravişda jazoga tortilgan. Ammo jazo şartlarini buzgani sababli, şartli hukm haqiqiy hukmga aylangan.
2017 yilda bergan intervyusida Royzman özining jinoiy ötmişi siyosiy ambitsiyalariga xalaqit bermaganini aytdi. «Aksinça, yordam beradi. Men Davlat dumasi deputati böldim, oblast qonunçilik kengaşida işladim, şahar rahbari böldim va heç qaçon [qamalib çiqqanimni] yaşirmadim», deb hazillaşdi u.
Ozodlikka çiqqaç, Royzman «Uralmaş» zavodiga çilangar bölib işga kiradi va u yerda bir yilga yaqin işlaydi. «Uralmaş» jinoiy guruhi rahbarlaridan biri Aleksandr Xabarov bilan döstlaşib qoladi.
Mavzuga oid
Keyingi yillarda tanqidçilar Royzmanning uyuşgan jinoiy guruhlar bilan aloqasi borligini muntazam ravişda eslab turişdi. 2013 yilda, Yekaterinburg meri saylovidan oldin «Pyatiy kanal» uşbu mavzuga bağişlangan dasturni çiqardi. Şundan söng, Sverdlovsk prokuraturasi dasturda aytilgan faktlar tekşirilişini ma’lum qildi. Royzman esa körsatuv muallifini sudga berdi.
Ötgan asrning 80-yillarida Royzman Ural davlat universitetida tarixçi-arxivçi mutaxassisligi uçun öqişni boşlaydi. Ammo faqat 2000-yillar boşida universitetni tugatdi. Bölajak siyosatçi şe’rlar yozdi, ular «samizdat» va adabiy jurnallarda naşr etildi. Söngra tadbirkorlik bilan şuğullanişni boşladi va zargarlik biznesini oçdi.
1999 yilda u «Gorod bez narkotikov» jamğarmasi asosçilaridan biri (keyinçalik prezidenti) böldi va Rossiya miqyosida taniqli şaxsga aylandi. Jamğarma işi siyosatçi faoliyatidagi eng bahsli epizod bölib qolmoqda.
«Biz öşa paytdagi barça norasmiy yetakçilarni birlaştirdik. Biz bu muammo barçaga taalluqli ekaniga, oyoqqa turiş lozimligiga ularni işontirdik. Aslida bu giyohvand moddasi sotuvçilariga qarşi xalq qözğoloni edi», degan Royzman.
Jamğarma asosçilari giyohvandlikka qarşi kuraşda har doim ham qonuniy yöllarni işga solmagani va giyohvandlarni reabilitatsiya qilişning ğayriinsoniy usullaridan foydalangani uçun köp marta tanqid qilingan. Xodimlar esa giyohvandlikka çalinganlarni reabilitatsiya markazlarida taşqi dunyodan ajratilgan holda va tibbiy yordam körsatmasdan saqlab turiş, ularni öğirlaş va noqonuniy uşlab turişda ayblanib, sudlangan.
2003 yilda maxsus kuçlar «mijozlarga nisbatan qöpol muomala qilinayotgani»ni tekşiriş bahonasida «Gorod bez narkotikov» reabilitatsiya markazlariga bostirib kiradi.
Royzmanning özi jamğarma qöllagan usullarni asosli deb hisoblaydi. Siyosatga kirişiga aynan şu narsalar turtki bölganini aytadi: «Heç qaçon siyosatga intilmaganman. Men bu vositalar qudratini ma’lum bir vaqtgaça tuşunmaganman. Siyosatga aniq maqsad bilan qadam qöydim – qamalmaslik, jamğarmani saqlab qoliş va işimni yakson qilmasliklari uçun».
Siyosatçi va Yekaterinburg meri
Foto: ANTON BUTSENKO/TASS
2001 yilda Royzman öşa paytdagi Sverdlovsk oblasti gubernatori Eduard Rosselning maslahatçisi böladi. 2003 yilda Davlat dumasi saylovida mustaqil nomzod sifatida qatnaşadi va oxir-oqibat deputat böladi. Dumada Royzman xavfsizlik qömitasida işlagan va hukumat qoşidagi giyohvand moddalarga qarşi kuraş komissiyasi a’zosi edi.
2006 yilda Royzman Sergey Mironov va uning «Rossiyskaya partiya jizni» tuzilmalari bilan işlay boşlaydi. Siyosatçi partiyaning Sverdlovsk bölimiga rahbar böladi. Keyin u yangi taşkil etilgan «Spravedlivaya Rossiya» partiyasiga qöşiladi.
Partiya Royzman nomzodini Duma sayloviga qöymoqçi edi. Ammo keyinçalik Mironov uni nomzodlar röyxatidan çiqarib taşlaydi. Royzmanning ta’kidlaşiça, Mironov bu qarorni bosim ostida qabul qilganini aytgan.
Şundan keyin Royzman bir neça yil siyosatda faol iştirok etmaydi. Ammo 2011 yilda milliarder Mixail Proxorovning taklifiga binoan «Pravoye delo» partiyasiga qöşiladi. Biroq, bir neça oydan keyin uni mojaroli tarzda tark etdi.
Rejaga köra, Royzman partiya röyxatiga kiritilib, Dumaga deputat bölişi kerak edi. Biroq, matbuotda Kreml bunga qarşi ekani haqida xabarlar tarqaldi. Mojaro natijasida Proxorov partiya rahbarligidan çetlatildi va Royzman bilan birga uni tark etdi.
Keyinçalik, Royzman prezident saylovida Proxorovning işonçli vakili böldi. Söngra u asos solgan «Grajdanskaya platforma» partiyasiga qöşildi. 2013 yilda partiya uni Yekaterinburg meri sayloviga nomzod qilib körsatdi. Royzman 33,31 foiz ovoz töplab, saylovda yutib çiqdi. Uning asosiy raqibi, «Yedinaya Rossiya» partiyasi vakili, Sverdlovsk oblasti vitse-gubernatori Yakov Silin 30 foizdan kamroq ovoz töpladi.
Saylanganidan keyin Royzman muxolifatdagi kam sonli merlardan biri hisoblangan. U Aleksey Navalniyning mitinglariga va boşqa namoyişlarga borgan, Rossiyaning Ukrainaga nisbatan siyosatini tanqid qilgan. Mer kabinetida Vladimir Putinning an’anaviy fotosurati yöq edi, lekin Iosif Brodskiyning portreti bor edi.
Mer bölgaç, Royzman «Gorod bez narkotikov» işida iştirok etişdan voz keçdi, bundan taşqari, jamğarma rahbariyati bilan janjallaşdi. Şuningdek, Royzman «Grajdanskaya platforma»dan ham ketadi.
Yekaterinburg meriyasidagi «Royzman davri»ning öziga xos belgilaridan biri – şaxsiy qabul edi. U haftada bir marta öz kabinetida fuqarolarning murojaatlarini qabul qilgan.
Ammo uning özi aholi muammolarini yeçiş uçun vakolati har doim ham yetarli emasligini tan olgan. Aslida, şaharda ikki hokimiyat bor edi: Royzman vakillik vazifasini bajarib, şahar dumasini boşqargan bölsa, operativ boşqaruv siti-menejyerga yuklatilgandi.
2015 yilda oblast deputatlari hatto şahar rahbari lavozimini bekor qilişga harakat qilişadi – göyo şaharning ikkita rahbari vakolatlari örtasida çalkaşliklarga yöl qöymaslik uçun. Ammo gubernator Yevgeniy Kuyvaşev bu qarorni bekor qildi va Royzmanning vakolatlari tugaguniga qadar taqiq qöydi.
Siyosatçi 2017 yilda Sverdlovsk oblasti gubernatori saylovida iştirok etişga urindi, ammo munitsipal filtrdan öta olmagani uçun tezda poygadan çiqdi.
2018 yilda Kuyvaşev Yekaterinburg merining töğridan töğri saylovini bekor qiluvçi qonun loyihasini oblast dumasiga taqdim etdi. Loyiha, şahar aholisining noroziligiga qaramay, qabul qilindi. Yangi qonunga köra, şahar rahbari ma’lum bir komissiya tomonidan tanlangan nomzodlar orasidan saylanadigan böldi.
Royzman buni «aholini aldaş va şahar manfaatlariga xiyonat qiliş» deb atadi va iste’foga çiqdi.
24 avgust kuni politsiya Royzman uyida tintuv ötkazganidan keyin, hozir ham gubernator bölib işlayotgan Kuyvaşev kutilmaganda uni qöllab-quvvatladi: «Men Yevgeniy Royzman bilan doim oğir munosabatda bölganman. Biz siyosiy muxolif bölganmiz va hozir ham şunday. Lekin qonun hamma uçun bir xil. Har qanday inson singari u ham adolat va hurmatga loyiqdir. Umid qilamanki, unga adolat qilinadi».
Royzmanning tan olişiça, Kuyvaşev bilan raqobati şaxsiy xususiyatga ham ega bölgan. Bu siyosatçilarning Znak.com naşri asosçisi (uruş boşlanganidan keyin faoliyatini töxtatgan) jurnalist Aksana Panova bilan munosabatlariga tegişli. Panova Royzmanning ikki farzandining onasi. Hammasi bölib uning tört qizi va bir öğli bor.
Mer lavozimidan ayrilganiga qaramay, Royzman Yekaterinburg aholisi bilan «şaxsiy qabul» formatidagi uçraşuvlarni davom ettirdi. Ammo özining xayriya jamğarmasi formatida.
Tarixçi va filantrop
Foto: Getty Images
Yevgeniy Royzman xayriya faoliyatini 90-yillarda boşlagan – Sverdlovsk oblastidagi oğir ahvolda qolgan bir neça bolalar uyini qöllab-quvvatlagan.
2015 yilda mer saylovlarida ğalaba qozongaç, Royzman öz nomi bilan atalgan jamğarmaga asos solgan va «oğir hayotiy vaziyatga tuşgan odamlarga yordam bera boşlagan».
Xususan, jamğarma Yekaterinburgda birinçi hospisni işga tuşirişda iştirok etgan. U öta oğir kasal bolalarning ota-onalari bilan işlamoqda va boşqa nodavlat notijorat taşkilotlari, Sverdlovsk oblastidagi xayriya loyihalarini qöllab-quvvatlamoqda.
Royzman öz jamğarmasi nomidan umurtqa muşak atrofiyasi (UMA) bilan xastalangan bolalarga faol yordam beradi. Şu yilning fevral oyida krasnodarlik tört yoşli Mark Ugrexelidze voqeasi ommaviy axborot vositalarida tarqalgandi. Royzman jamğarmasi uning faol iştirokida dunyodagi eng qimmat dori bölgan «Zolgensma» uçun bolaga 121 million rubl yiğişga yordam berdi.
Royzman özini siyosatçi yoki hatto xayriyaçi emas, balki «tarixçi va tadqiqotçi» deb ataydi. «Bu mening asosiy, köp yillik va doimiy maşğulotim», deydi muxolifatçi.
1999 yilda Royzman «Nevyanskaya ikona» deb nomlangan birinçi xususiy ikonalar muzeyiga asos solgan. Unda 700 dan ortiq eksponat töplangan.
Foto: DONAT SOROKIN/TASS
Royzman jinoiy javobgarlikka tortilganiga qaramay, gubernator Kuyvaşev «ikona muzeyi saqlab qolinişi va işini davom ettirişi»ga umid bildirdi.
Internet fenomeni
Royzmanning uyiga politsiya borganida Twitter’ning rus segmentida «uning qölidan telefonni olib qöymaslik» haqida hazilomuz çaqiriqlar yangradi. Royzmanning Twitter akkauntida 630 mingdan ortiq obunaçi bor (Ilya Yaşin yoki Ivan Jdanov kabi boşqa taniqli muxolifatçilardan bir neça barobar köp).
Siyosatçi özining keskin munozara uslubi, ba’zan behayo sözlarga ötib ketişi bilan tanilgan. U tez-tez davlatga tegişli OAV akkauntlariga javob yozadi va jurnalistlarning özini ham, Rossiya rasmiylarini ham ayamay tanqid qiladi.
Ötgan yillarda Yekaterinburgning sobiq meri turli ijtimoiy tarmoqlarda taqiqqa ham uçragan edi: masalan, raqibini «eşak» deb atagani uçun Facebook tomonidan vaqtinça bloklangan.
2020 yilda Rossiya TIV Aleksey Navalniyning zaharlanişi sahnalaştirilgan bölişi mumkinligini ta’kidlagandi. Navalniyning özi bu xabarga hazilomuz tarzda izoh berdi.
«Bu yerda, albatta, men emas, balki Yevgeniy Royzman izoh berişi kerak. Bunday holatlar uçun unda bir neçta keng ma’noli iboralar bor», degandi u.
Avgust oyi boşida Twitter Royzmanning yangi tvitlar yoziş imkoniyatini vaqtinça çeklab qöydi.
«Propaganda men uçun haqoratli. Birinçidan, ular meni ahmoq deb hisoblaşadi. Ikkinçidan, ular meni yolğonçi deb haqorat qilişadi. Men bunga munosabat bildiraman. Men bitta replay bilan yangilikni maşhur qilişim va unga butunlay boşqa ma’no berişim mumkin», deb tuşuntirdi u ijtimoiy tarmoqlardagi faolligini.
May oyida Royzman hukumatga nisbatan «hurmatsizlik» qilgani uçun 85 ming rubl miqdorida jarimaga tortilgandi.
Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov «Ukrainaga qarşi «maxsus harbiy amaliyot» Qöşma Ştatlarning töliq hukmronlik qilişga bölgan harakatlariga çek qöyişi kerak», deganida, Royzman «Buning uçun öz mamlakatingizni devorga urib, yöq qilmoqçimiz?» deb yozgandi.
Ertalabki tintuvdan oldin Royzman yuborişga ulgurgan sönggi yozuvlardan biri «Çiqindixonadan kimningdir ovozi eşitilyaptimi...» degan tvit edi. U annexia qilingan Qrim rahbari Sergey Aksyonovning bayonotidan iqtibos keltirgan «Gazeta.RU» akkaunti tvitiga şunday munosabat bildirdi.
23 avgust kuni «Interfaks» naşri «Rossiya bu yil sayra baliğisiz qolişi mumkin»ligi haqida yozgan edi. Royzman bu xabarga «Siz Sahroyi Kabirda ham qumsiz qolar edingiz», deb izoh berdi.
Köpçilik Royzmanning Ukrainadagi uruş böyiça pozitsiyasi tufayli jinoiy javobgarlikka tortilişidan ogohlantirganiga qaramay, u Rossiyani tark etişdan boş tortgandi.
Uyidagi tintuvdan bir yarim hafta oldin bu haqda şunday deb yozgandi: «Men şu yurtga boğlanganman, şu yerda tuğilib, ulğayganman. Bu yerdan bir millimetr ham qimirlamayman. Nega endi qoçişim kerak? Öz vatanimni sevaman, barça xavf-xatarni tuşunaman, lekin men bu yerdan keta olmayman, çunki bu qoçiş böladi. Buni özimga ravo körmayman».