Yekaterinburgning sobiq meri Yevgeniy Royzman yangi jinoiy iş böyiça ayblanuvçiga aylanişi mumkin - Içki işlar vazirligi buning uçun zarur materiallarni allaqaçon töplagan, deb xabar berdi 66.ru internet-naşri 30 avgust, seşanba kuni manbalarga tayanib. 

Naşr suhbatdoşlariga köra, Royzman «terrorizmni oşkora oqlaş»da ayblanişi mumkin (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205-2-moddasi — beş yilgaça qamoq jazosi). Yangi iş böyiça faktlarni Moskva tergovçilari siyosatçining Twitter’dagi postlari va YouTube'dagi bayonotlari asosida yiğişgan. 

Manbalardan biri - Sverdlovsk politsiya boşqarmasi xodimining aytişiça, mintaqaviy boşqarmada yangi iş qözğatiş uçun materiallar bor, biroq ular «işga solinmayapti». Uning fikriça, Royzmanning işi «jinoyatning haqiqiy tarkibi bilan birga, siyosiy hisoblanadi». Manbaning ta’kidlaşiça, joriy yilda Royzmanni ikki marta «xorijiy agent» deb e’lon qilişga urinişgan, biroq ikkala uriniş ham muvaffaqiyatsizlikka uçragan. 

Yekaterinburgning sobiq meri Yevgeniy Royzman 24 avgust kuni Rossiya armiyasini «obrösizlantiriş»da ayblanib (Jinoyat kodeksining 280-3-moddasi 1-qismi — uç yilgaça qamoq jazosi) qölga olindi. Uşbu moddaga köra, avvalroq armiyani «obrösizlantiriş» böyiça ma’muriy modda böyiça aybdor deb topilgan şaxslar tergovga jalb etiladi. Royzman allaqaçon uşbu modda böyiça uç marta jami 150 000 rubl miqdorida jarimaga tortilgan. 

Jinoiy iş qözğatilişiga Royzmanning Ukrainadagi uruş haqida gapirgan YouTube videosi sabab bölgan. Tergov ma’lumotlariga köra, siyosatçi «siyosiy vaziyatni beqarorlaştirişni» va «salbiy kayfiyatni şakllantirişni istagan». 

25 avgust kuni sud Royzmanga nisbatan qamoqqa olmasdan, ayrim xatti-harakatlarini taqiqlaş tarzidagi ehtiyot çorasini qölladi. Siyosatçiga jamoat joylariga boriş va internetdan foydalaniş taqiqlangan.