Rossiyalik siyosatçi Yevgeniy Royzman özi yaşaydigan uyda qölga olindi. Unga nisbatan uruş davrida qöllaş urf bölgan Rossiya armiyasini obrösizlantiriş ayblovi ilgari surilgandi. Yekaterinburg şahri sobiq merining qölga olinişi katta şov-şuvga sabab böldi. Ammo u qamoqdan qutulib qoldi.
Foto: ReutersFoto: Reuters
Yekaterinburgdagi uyidan OMONçilar tomonidan olib çiqib ketilayotgan Royzman «Bir oğiz gapim – Ukrainaga bosqin, deganim uçun iş oçişdi. Bu haqda avval ham aytganman, hozir ham aytaman», deyişga ulgurdi.
Royzman rossiyalik siyosatçilar orasida uruşga qarşi ekanini aytganlardan eng maşhuri edi. Qöşimçasiga Yekaterinburg sobiq meri uruşga qarşi çiqib ozodlikda qolayotgan kam sonli rossiyalik maşhurlardan biri bölib turgandi. Bu haqda Royzmanning özi ham gapirgan va qölga olingan hammaslaklari bilan suratni sahifasiga joylab, «Birgina men ozodlikdaman», deb yozgandi.
Ilya Yaşin qölga olingaç, aynan Royzman Rossiyada bölaturib ozodlikda qolgan muxolif kayfiyatdagi eng maşhur rossiyalik bölib turgandi. Jurnalist Yaşin ham Rossiya armiyasi haqida feyk ma’lumot tarqatiş ayblovi bilan qölga olingan va unga 10 yillik qamoq jazosi xavf solmoqda.
Rossiya armiyasi haqida feyk xabar tarqatiş va Rossiya armiyasini obrösizlantiriş kabi ikki modda mamlakat jinoyat kodeksiga uruş boşlangandan keyin kiritildi. Rossiya armiyasini obrösizlantiriş böyiça ayblov xuddi şu mazmundagi ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda belgilangan qoidabuzarlik takroran amalga oşirilganda qöllanadi.
May oyida Royzman Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovga murojaati uçun 85 ming rubl jarimaga tortilgan. Öşanda Lavrov «maxsus harbiy amaliyot» (Rossiyada uruşni şunday ataşadi) AQŞning mutlaq gegemonligiga çek qöyadi, degandi. Royzman esa bu gap haqida «Şuning uçun öz mamlakatingizni yakson qilişga qaror qildingizmi?» deya savolli tvit yozgandi.
Tonggi soat oltida
Kuçişlatar tuzilmalar xodimlari Yevgeniy Royzmanning fondi ofisi yonida. 2022 yil 24 avgust
Reuters / Scanpix / LETA
Yevgeniy Royzmanga nisbatan çindan Rossiya armiyasini obrösizlantiriş ayblovi bilan jinoiy iş oçildi. Tongda soat oltida Yekaterinburgdagi uyida qölga olingan Royzman tezda Moskvaga olib ketildi va 48 soatga qamoqqa olingani ma’lum qilindi.
Royzman 2013 yildan 2018 yilgaça Yekaterinburg şahri meri lavozimida işlagan. 2003 yildan 2007 yilgaça Dumaga «Spravedlivaya Rossiya» partiyasidan deputatlikka saylangan ham. Royzman uşbu partiya rahbari Sergey Mironov bilan ham uruş masalasida tortişib qolgan.
Qanday munosabat bildirişmoqda?
Mavzuga oid
Qamoqda qolayotgan Ilya Yaşin Royzmanning qölga olinişini şarmandali holat deb atadi.
«Royzmanni qölga oliş uçun butun boşli otryad boribdi, hatto motorli arra bilan. Qanday şarmandalik», degan huquq faoli Marina Litvinoviç.
Jurnalist Dmitriy Kolezevning aytişiça, Yekaterinburgdagi Royzman yaşaydigan uy atrofini zobitlar örab olgan, hatto atrofdagi boşqa uylarda ham ularni köriş mumkin. Royzmanning uyi tomonga olib boradigan piyodalar yölakçasidan ham odamlarni ötkazişmagan.
Royzmanning özi uyidan çiqib ketayotganda bir oğiz gapi uçun iş oçişganini aytdi. «Ukrainaga bosqin, deb aytgandim. Şu uçun iş oçişdi», dedi siyosatçi.
Amaldagi siyosatçilar orasida ham Royzmanni qöllayotganlar topiladi. Sverdlovsk oblasti gubernatori Yevgeniy Kuyvaşev Royzman bilan munosabati yaxşi bölmasa-da, hurmat va adolatga munosib ekanini aytdi. «Yevgeniy Royzman bilan munosabatlarimiz doim murakkab bölgan. Biz özaro muxolif insonlar edik va hozir ham şunday. Ammo qonun işlaşi kerak. Royzman mamlakatdagi har qanday boşqa odam kabi hurmat va adolatga munosib. Umid qilamanki, şunday böladi ham», dedi Kuyvaşev.
«Bölayotgan işlarda iştirok eta olmayman»
Royzman rossiyalik jurnalist Katerina Gordeyevaga şov-şuvli intervyu bergandi. Unda ayniqsa uruş haqida Rossiya rasmiy pozitsiyasiga zid fikrlarni bildirgan.
«Agar 2018 yilda gubernatorlikdan ketmagan va hozirda ham işlayotgan bölganimda öz ixtiyorim bilan işdan böşagan bölardim, çunki bölayotgan işlarda jismonan iştirok etişni istamayman.
Mendan nega hamon Rossiyadasiz, deb söraşadi. Nega ketişim kerak? Men şu yerda tuğilib ösganman, şu zaminga boğlanganman. Vatanimni sevaman va bir qariç ham heç qayerga siljimayman. Özimga nisbatan xatar borligini his qilaman, ammo Rossiyada ketmayman. Bu qoçiş böladi», degandi u.
«Vatanim qilgan işdan yuragim oğriyapti»
Boşqa bir intervyusida Royzman Rossiya qilayotgan işlardan oddiy rossiyalik sifatida yuragi oğrişini aytgandi.
«Mening davlatim nima qilayotganini juda yaxşi tuşunib turibman. Özimni bilvosita bölsa ham buning iştirokçisi deb his qilyapman. Bundan yuragim oğriyapti, uyalyapman. Atrofimda bu tuşunarsiz uruşni qöllaydigan heç kim yöq. Esi joyida bölgan hamma uruş boşlanganda boşini çangallab qoldi. Bu qörqinçli va juda oğriqli ekanini his qildi. Eng yomoni esa heç nima qila olmasligingni his qilgandagi çorasizlikdir», degandi siyosatçi.
Royzman Ukrainada köp vaqt bölgani, heç qanday millatçilikka guvoh bölmaganini ham aytgan.
«Men Ukrainaning bu burçagidan narigi burçagigaça aylanib çiqib, birorta millatçi körmaganman. Rus tili bilan heç qanday muammo sezmaganman, hamma bilan rusça gaplaşganman. Ukrainada bu masalada nafaqat mojaroli holat, balki noqulay holatga ham tuşmaganman. Poytaxt Kiyevda köpçilik rusça gaplaşardi. Şunday ekan, millatçilik haqida gaplar men uçun şunçaki ertak. Men haqiqiy millatçilar qayerda ekanini yaxşi bilaman», degandi u.
Royzmanning fikriça, Rossiya uruşga tayyorlanişni 2004 yildayoq boşlab yuborgan.
«Mamlakat etiklarini kiyişni 2004 yildayoq boşlagandi, heç ikkilanişsiz, buni sezganman. Nimada sezilgan? Köp harakatlarda, masalan, sovet filmlarini qayta qöya boşlaşganda. Bundan taşqari, Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabadan tuzumning xizmatida foydalana boşlaşdi. Qisqasini aytganda, barçaning ongini şu narsaga yönaltiriş harakati boşlangandi», deydi u.
Royzman uruş boşlangan vaqtda nimalarni his qilgani haqida şunday degandi: «Boşqa mamlakatda uyğondim, degan balandparvoz ibora aynan şu holatda öz ma’nosida işlatilişi mumkin edi. Mantiqan olganda, uruş bizgaça ham kelişi mumkin. Uruşning natijasi qanday bölişini bilmayman, lekin u yerda (Ukrainada) heç kim taslim bölmasligini bilaman. Bilmayman, bizga yana imkon beriladimi yoki yöqmi, ammo biz vatanimiz ozod va asosiysi quvnoq bölişiga harakat qilişimiz lozim».
Uydan topilgan taşrif qoğozlari
Tarmoqda Royzmanning uyida topilgan taşrif qoğozlari haqida ma’lumotlarga e’tibor qaratib hazil qilişmoqda. Rossiya saytlarida tintuv paytida siyosatçining uyidan xorijiy diplomatlarning taşrif qoğozlari topilgani haqida yozişdi. Xususan, Ukraina xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Igor Smeşkoning taşrif qoğozi. Ammo bu ma’lumotlar tasdiqlangani yöq.
Sud
25 avgust kuni Moskvada Royzman ustidan sud jarayoni boşlandi. Jarayonni yoritiş uçun sud zaliga juda köp OAV vakillari bordi va Royzman sud zaliga ötayotganda uni olqişlar bilan kuzatib qöyişdi. Qafasda turib Royzman inson uçun eng katta boylik erkinlik ekanini aytdi.
Sudda iştirok etgan tergovçi Royzmanga qarşi iş uruşga qarşi ekanini aytgan video uçun oçilganini aytdi. Tergovçi Royzmanda xorij pasporti bölgani sabab u yaşirinişi xavfi borligiga e’tibor qaratdi. Siyosatçiga nisbatan 3 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosi qöllanişi mumkin edi. Tergovçi Royzmanni qamoqqa yuborişni emas, faqat ba’zi harakatlarni çeklaşni söradi.
Odatda bunday modda bilan ayblanayotganlar qamoq jazosiga hukm qilinayotgandi, ammo Royzmanning işida sudya siyosatçini sud zalidan ozod qilişga hukm çiqardi. Tergovçi söragan çeklovning ba’zilari tasdiqlandi, ba’zilari esa yöq. Xususan, tergovçining Royzman faqat soat 23:59 dan 00:00 gaça uyidan çiqişi mumkinligi borasida talabi rad etildi. Ammo unga jamoat joylariga boriş, jinoiy işdagi guvohlar bilan gaplaşiş, internetdan, ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş taqiqlandi.
Siyosatçi öziga qöyilgan çeklovlarni töliq tuşunmagani, bu borada advokati bilan gaplaşişi kerakligini aytdi. Royzmanning advokati Vladislav Idamjapov siyosatçini sud binosi taşqarisida kutib turgan köp sonli jurnalistlar qarşisiga çiqib, uni bu yerda kutmaslik kerakligi, Royzman dastlab politsiya bölinmasiga olib borilişini aytdi.
Keyinroq Royzman sud zalidan çiqdi. OAVda uning suratlari e’lon qilindi. Rossiyalik tahlilçilar nega OMON uyidan olib çiqib ketgan Royzman qamoqqa olinmagani borasida fikrlarini bildirişmoqda.