Yekaterinburgda 24 avgust, çorşanba kuni ertalab Rossiyadagi eng maşhur mintaqaviy siyosatçilardan biri, uşbu şaharning sobiq meri Yevgeniy Royzman qölga olindi. Royzmanning yordamçisi Laylo Husaynova mahalliy E1.ru naşriga bergan intervyusida uning şaxsiy Nevyansk buti va fondi muzeyi binolarida tintuvlar boşlanganini ma’lum qildi.

Siyosatçining özi öşa naşrga unga nisbatan JK 280-moddasi 3-qismi - Rossiya armiyasi haqida «feyklar»ning ommaviy tarqatilişi böyiça iş oçilganini aytdi. U Moskvada körib çiqilmoqda. Royzman jamğarmasi TASS’ga tintuvlar haqidagi ma’lumotni tasdiqladi va muxolifatçi siyosatçining kvartirasida ham xuddi şunday çoralar körilayotganini ma’lum qildi. 

Mash Telegram-kanaliga köra, Royzman politsiya maxsus kuçlari tomonidan qölga olingan. U e’lon qilgan videolarda kamuflyajdagi qurollangan odamlar binoga yugurib kelişi va özini politsiya xodimlari sifatida taniştirib, eşikni oçişni söragani, söngra yuqori qavatga kötarilgani va eşikka yaqinlaşgani, Royzmanning özi ularga eşikni oçişi tasvirlangan. 

Yevgeniy Royzman Rossiya rasmiylarining harakatlari, jumladan, Ukrainaga qarşi uruş bilan boğliq bölgan keskin bayonotlari bilan maşhur. U allaqaçon «RF QKni obrösizlantiriş» uçun ma’muriy iş böyiça uç marta jarimaga tortilgan. Endi Royzman beş yilgaça qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin.