Çapline posyolkasida qidiruv-qutqaruv işlari yakunlandi. Halok bölganlar orasida ikki bola ham bor. 30 dan ortiq odam jarohatlangan, dedi Zelenskiyning ofisi rahbari örinbosari.

Dnepropetrovsk oblastining Çapline posyolkasidagi temiryöl stansiyasi va turar joy sektorining Rossiya qöşinlari tomonidan öqqa tutilişi oqibatida qurbon bölganlar soni 25 kişini taşkil etdi, halok bölganlarning ikki nafari bolalardir. Bu haqda 25 avgust, payşanba kuni Ukraina prezidenti ofisi rahbari örinbosari Kirill Timoşenko ma’lum qildi. Unga köra, 11 yoşli bola uy vayronalari ostida, 6 yoşli bola esa stansiya yaqinida yonib ketgan maşina içida halok bölgan. Hammasi bölib, otişma oqibatida 31 kişi yaralangan, deya qöşimça qildi Timoşenko. 

Posyolkadagi qidiruv-qutqaruv işlari ertalab yakunlandi. Jarohat olganlar orasida 10 nafar tinç aholi vakili, jumladan, ikki nafar bola ham bor, deya xabar berdi Ukraina Boş prokuraturasi. Bir neça soat oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy BMT Xavfsizlik kengaşida video-aloqa orqali nutq sözlab, 50 ga yaqin odam jarohatlanganini ma’lum qilgan edi. 

Dneprböyi temiryölida joylaşgan Çapline stansiyasiga raketa zarbalari 24 avgust kuni - Ukraina mustaqilligi e’lon qilingan kun munosabati bilan amalga oşirildi. Öqqa tutilganidan köp ötmay, Zelenskiy «törtta yölovçi vagoni» yonayotganini ma’lum qildi. Ukraina prezidenti qurbonlar soni ortişi mumkinligidan ogohlantirdi.