"Tolibon" harakati Afğonistonda kriptovalutasi muomalasi va savdosini taqiqladi. Bu haqda öz manbasiga tayanib Blumberg agentligi xabar berdi.
Agentlikning qayd etişiça, Afğoniston markaziy banki ayrim afğonlar mablağ saqlaş hamda boşqa mamlakatlarga pul ötkazişda kriptovalutadan foydalana boşlaganidan söng kriptovalutalarni taqiqladi.
"Markaziy bank barça valuta ayirboşlovçilar, şaxslar va biznesmenlarga bitkoyn deb ataluvçi raqamli tovlamaçilik valutalari bilan savdo qilişni töxtatişni buyurdi", -dedi Hirot politsiyasi jinoyat-tergov bölimi boşliği Sayid Saodat.
Saodatning sözlariga köra, uşbu taqiqni buzgani uçun 13 kişi qölga olingan, ammo ularning aksariyati garov evaziga qöyib yuborilgan.
Hirotda kriptovaluta bilan aloqador 20dan ortiq taşkilot yopilgan.












