Gumanitar yordam tarkibi Qoraqalpoğiston Respublikasi soğliqni saqlaş organlariga topşiriş uçun tibbiy buyumlar va jihozlardan iborat böladi.
Amerika tomoni Project C.U.R.E. Orol dengizi qurişi oqibatlaridan jabr körgan Qoraqalpoğiston aholisiga insonparvarlik yordamini körsatişni davom ettiriş niyatini ma’lum qildi. Melissa Esposti aytişiça, bugungi kunga qadar umumiy qiymati 1,5 mln dollarlik tibbiy asbob-uskunalardan iborat beşta konteyner yetkazib berilgan, ulardan Qoraqalpoğistondagi texnik jihozlarga juda muhtoj bölgan tibbiyot muassasalari foydalanmoqda.
Taşkilot vakili ma’lumotlariga köra, joriy yil oxiriga qadar Project C.U.R.E. insonparvarlik yordami navbatdagi turkumini Qoraqalpoğistonga yetkaziş rejalaştirilmoqda.
Melissa Esposti Orol dengizi mintaqasidagi vaziyatni yaxşilaş uçun Project C.U.R.E. loyihasi bilan bir qatorda, AQŞdan donorlarni jalb qilişga yordam berişga tayyor ekanini ham ma’lum qildi. Uning aytişiça, Orol dengizi ekotizimini tiklaş va töğri boşqariş mintaqa atrof-muhitini barqaror rivojlantiriş garovidir.
Özbekistonning AQŞdagi elçisi Javlon Vahobov va Project C.U.R.E. prezidenti Duglas Jyekson örtasida Qoraqalpoğistonga 3 mln dollarlik tibbiy asbob-uskunalar va soğliqni saqlaş buyumlarini yetkazib beriş böyiça erişilgan kelişuv doirasida 2021 yil may oyida tibbiy buyumlar va jihozlardan iborat birinçi konteyner mintaqa soğliqni saqlaş idoralariga yuborilgan. Joriy yil iyul oyida esa umumiy hajmi 16,8 tonna bölgan, 2,9 ming dona tibbiyot buyumlari jamlangan törtta konteyner yetkazib berildi.












