24 avgust kuni Buxoro viloyatining Peşku tumanidagi Qoraqir massivi hududida qamişzorlarda yonğin yuzaga keldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvçilar Buxoro viloyatidagi qamişzorlarda yuzaga kelgan yonğinni muvaffaqiyatli bartaraf etayotgani haqida xabar berdi.
«Ötgan kuni Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining navbatçilik qismiga Buxoro viloyati Peşku tumanidagi Qoraqir massivi hududidagi qamişzorda yonğin bölayotgani töğrisida xabar kelib tuşgan.
Uşbu maydon aholi punktlaridan uzoqda joylaşgani sababli aholiga va ularning mol-mulklariga xavf solmagan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining 107 nafar xodimdan iborat yonğin-qutqaruv brigadalari zudlik bilan yonğin joyiga yetib borgan. Yonğin çuqur botqoqlik hududida bölgani sababli Favqulodda vaziyatlar vazirligi yonğin-qutqaruv texnikalaridan foydalanişning imkoni bölmadi. Şu sababli yonğin qölda işlatiladigan asbob-anjomlar orqali bartaraf etilmoqda.
Bugun yonğinni öçirişga Mudofaa vazirligining maxsus vertolyoti ham jalb qilindi. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, yonğin 100 gektar maydonni qamrab olgan bölib, uning 80 foizini öçirişga erişildi. Yaqin soatlar içida yonğin töliq öçiriladi», deyiladi vazirlik xabarida.













