Yevropada Rossiyadan tabiiy gaz yetkazib berişning töliq töxtatilişi haqidagi qörquvlar kök yonilği narxining yangi keskin sakraşiga olib keldi. 26 avgust, juma kuni sentabrda gaz yetkazib beriş böyiça Yevropa fyuçerslari narxi darhol töqqiz foiz punktga oşib, bir megavatt-soat uçun rekord darajadagi 340 yevroga yetdi.
Avvalroq «Gazprom» ta’mirlaş işlari olib borilayotgani sababli 31 avgustdan boşlab «Şimoliy oqim» quvuri orqali tabiiy gaz yetkazib berişni uç kunga töxtatganini ma’lum qilgandi. Bu esa Rossiya gazining Yevropaga yetkazib berilişini töliq töxtatiş ehtimoli haqidagi qörquvni kuçaytirdi.
Şu bilan birga, Germaniya Iqtisodiy tadqiqotlar instituti (DIW) rahbari Marsel Fratsşer tabiiy gaz uçun yuqori narxlar uzoq muddat saqlanib qolişiga tayyorlanişga çaqirdi. «Energiya narxlari heç qaçon uruşdan oldingi darajaga qaytmaydi», dedi u SWR radiostansiyasiga bergan intervyusida.
Fratsşerning sözlariga köra, Rossiyaning Ukrainadagi uruşi tufayli energiya narxi beş-yetti yil davomida yuqori darajada qoladi, şuning uçun odamlar turmuş darajasining pasayişiga moslaşişi kerak.












