Öqişga kirgan yoki kirmaganlik haqidagi ma’lumotlar e’lon qilingaç, öqişga kira olmagan köplab abituriyentlar imtiyozlar borasida turli savollar bilan murojaat qilişmoqda. Huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev özining Telegram-kanalida şu haqda ma’lumot berdi.

Har yili nogironligi bor şaxslar uçun OTMlar kesimida alohida kvota ajratiladi. OTMga hujjat topşirgan nogironligi bor şaxslar öşa kvota uçun kuraşadi. Kim yuqoriroq ball töplasa, davlat granti asosida öqişga qabul qilinadi. Maxsus kvotaga balli yetmaganlar esa özi töplagan ball böyiça el qatori barça bilan bellaşişi kerak böladi.
Nogironlik imtiyozi hisobga olinmadimi?
Bu yil imtiyozlarning barçasi hisobga olingan, faqatgina yetarliça ball töplay olmagan abituriyentlar öqişga tavsiya etilmagan.
Nogironlik imtiyozi abituriyentga ball qöşib bermaydi. Imtiyoz bor degani, bu 100 foiz öqişga kiradi degani emas. Köpçilik minimal ötiş balli (56,7 ball)dan oşirsam böldi, men aniq öqişga kiraman, deb öylamoqda.
Aslida esa unday emas. Masalan, Toşkent tibbiyot akademiyasida nogironligi bor şaxslar uçun 29 ta qöşimça davlat granti joyi ajratilgan bölib, jami 835 nafar nogironligi bor şaxslar hujjat topşirgan. Ötiş balli esa 119,7 ball bölgan.
Demak, nogironligi borligi uçun imtiyozga ega şaxslar Toşkent tibbiyot akademiyasiga hujjat topşirgan bölsa, bu ular aniq şu yerga kiradi degani emas. 119,7 balldan oşirganlar grantga kirgan, bundan past ball töplaganlarga imtiyoz qöllanmagan.
Xotin-qizlarning 4 foizlik tavsiyanomasi-çi?
2022 yilda ham xotin-qizlarning davlat grantida öqişi uçun maxsus 2 mingtalik joy, ya’ni köpçilikka 4 foizlik grant nomi bilan taniş bölgan imtiyoz berildi. Ammo aksariyat abituriyentlar 4 foiz ball qöşilişi kerak edi, deb öylayapti.
Yöq, bu imtiyoz heç qanaqa ball qöşib bermaydi.












