Rossiya prezidenti Vladimir Putin “DXR va “LXR” hamda Rossiya nazorati ostidagi Ukraina hududlarida yaşovçi fuqarolarga oid ikkita farmonni imzoladi.
Birinçi farmonga köra, “DXR va “LXR” hamda Rossiya nazorati ostidagi Ukraina hududlarida yaşovçi fuqarolar tegişli protseduralardan (daktiloskopik registratsiya va boşqalar) ötganidan söng RF hududida çeksiz muddat bölib turişlari mumkin. Ular RF hududida mehnat qiliş ruxsatnomasi yoki patent olmasdan mehnat faoliyati amalga oşirişi mumkin.
Uşbu fuqarolarga nisbatan ma’muriy çiqarib yuboriş, deportatsiya yoki Rossiyaga kiriş taqiqlanişiga yöl qöyilmaydi. Teraktlar sodir etişni rejalaştirgan, jamoat tartibiga tahdid solgan şaxslar bundan mustasno.
Yana bir farmonga köra, 2022 yil 1 iyuldan boşlab “DXR va “LXR” hamda Rossiya nazorati ostidagi Ukraina hududlarida yaşovçi fuqarolarga pensiya va ijtimoiy nafaqalar belgilanadi.
24 avgust holatiga köra, fevral oyidan buyon Rossiyaga Ukrainadan 3,5 mln nafardan ortiq qoçqin ötgan.













