Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda tibbiy uskunalarni qimmat narxda sotib olgan mansabdor shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Tibbiy uskunalarni qimmat narxlarda sotib olib, budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan tibbiyot muassasalari mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy jazo choralari qo‘llanildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2021 yil iyul oyida Qashqadaryo viloyatida o‘rganish o‘tkazilgan.
O‘rganish natijalari bo‘yicha 10 ta tibbiyot muassasasi tomonidan 75 dona jami 7,8 mlrd so‘mlik tibbiy uskunalar Qarshi shahridagi “D.M.” MChJdan shartnoma asosida juda qimmat narxlarda budjet mablag‘lari hisobiga sotib olingani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan to‘plangan materiallar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborilgan.
Departament viloyat boshqarmasi tomonidan tibbiy uskunalar asl narxidan 3,1 mlrd so‘mga qimmat narxlarda sotib olingani holati bo‘yicha 2021 yil 16 dekabr kuni “D.M.” MChJ rahbari va Qashqadaryodagi 10 ta tibbiyot muassasasi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi doirasida 10 ta tibbiyot muassasasi 11 nafar mansabdor shaxslari hamda “D.M.” MChJ rahbari jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tumani sudining 4 avgustdagi hukmiga asosan Jinoyat kodeksi tegishli moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nisbatan jinoiy jazo choralari belgilandi.
Shuningdek, ular 1 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etildi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026