Qrimni qaytariş masalasi. Kiyev qat’iy harakatlarga tayyormi?
|01:26 / 30.08.202231 57411 min
Ukraina 2014 yildan beri Qrimni qaytarib olişga urinmagandi. Ammo sönggi haftalarda yarimorolga bir qator zarbalar berildi.
Reuters / Scanpix / LETAReuters / Scanpix / LETA
Ukraina Mustaqillik kuni arafasida Kiyevda AQŞ Davlat kotibi, Germaniya kansleri va boşqa Ğarb yetakçilari iştirokida Qrimning deokkupatsiya qilinişini qöllab-quvvatlovçi sammit bölib ötdi. Buning fonida yarimorolda Rossiyaning bir qator harbiy infratuzilma obektlariga hujum qilindi. Garçi Kiyev zarbalar uçun javobgarlikni tan olmasa ham, Volodimir Zelenskiyning Qrimga nisbatan strategiyasi özgargani yaqqol körinib turibdi. Agar Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişidan oldin va hatto boşida ham prezident yarimorolni qaytarişning diplomatik yöli ustuvorligi haqida gapirgan bölsa, Ukraina ğarbdan keng kölamli yordam olganidan söng ritorika keskinlaşdi. Endi Zelenskiy harbiy ssenariy ehtimoli borligiga tobora köproq işora qilmoqda.
Zelenskiy har doim Qrimning qaytarilişi haqida gapirgan, biroq u harbiy ssenariydan köra diplomatiyani afzal körgan. Uruş hammasini özgartirdi
Volodimir Zelenskiy prezidentligining boşidanoq Rossiya tomonidan annexia qilingan yarimorolni deokkupatsiya qilişga alohida urğu berdi. 2019 yil may oyidagi inauguratsion nutqida buni öz siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri deb atagandi: «Navbatdagi vazifamiz yöqotilgan hududlarni qaytarişdir. <…> Qrim ham, Donbass ham bizniki, Ukraina yerlaridir».
Zelenskiy 2020 yil sentabr oyida BMT Boş Assambleyasida nutq sözlab, jahon hamjamiyatini Ukrainaga hududlarni qaytarişda yordam berişga çaqirgandi. Şu bilan birga, mamlakatda prezidentning 2021 yil martdagi farmoni bilan tasdiqlangan yarimorolni deokkupatsiya qiliş va reintegratsiya qiliş böyiça davlat strategiyasi ustida iş boşlandi.
Öşa yilning avgust oyida Ukraina mustaqilligining 30 yilligini nişonlaş paytida Kiyevda birinçi «Qrim platformasi» sammiti bölib ötdi, unda 47 davlat vakillari iştirok etdi. Ammo rezonans katta bölmadi, Zelenskiy ofisi buni kutmagandi. Masalan, Kiyevga xayrlaşuv taşrifi bilan borgan Germaniya kansleri Angela Merkel sammitda qatnaşmadi, AQŞ, Fransiya va Buyuk Britaniya rasmiyatçilik yuzasidan vakil yubordi. Biroq, şunga qaramay, Kiyevning Qrimni qaytariş böyiça rejalari dunyo yangiliklari kun tartibining bir qismiga aylandi va Ukraina xalqaro miqyosda qöllab-quvvatlandi. Rossiyaning reaksiyasi kutilganidek salbiy böldi.
Zelenskiy uçun «Qrim platformasi» içki siyosat nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyatga ega edi. 2021 yil davomida uning reytingi jiddiy özgarib turdi va prezident öz jamoasi muvaffaqiyatsizliklarini bartaraf qiladigan, şuningdek, milliy-vatanparvar muxolifatning tanqidini kamaytiradigan yorqin taşabbuslarga muhtoj edi.
Mavzuga oid
Davlat rahbarining media strategiyasi oldingi prezident Petro Poroşenko Qrimni deokkupatsiya qiliş uçun heç narsa qilmaganiga qaratildi. Darhaqiqat, ilgari yarimorolni qaytariş böyiça davlat siyosatining yagona formati yöq edi.
Şu bilan birga, Ukrainaning Qrimni deokkupatsiya qiliş strategiyasi asosan diplomatik usullarni öz içiga olgani muhim. Bunday yondaşuv Rossiyaning keng kölamli bosqini boşlanganidan keyin ham birmunça vaqt davom etdi. Zelenskiy hatto 2022 yil 5 aprelida ham Qrimning kuç bilan qaytarilişini rad etib, bu muammoni 10-15 yil içida diplomatik yöl bilan hal qiliş lozimligini ta’kidlayotgandi.
Biroq harbiy qarama-qarşilik kuçayişi Kiyev pozitsiyasini keskinlaştirdi. 9 avgust kuni Ukraina prezidenti «Uruş Qrimdan boşlangan va uning ozod etilişi bilan tugaşi kerak», dedi. Oradan bir hafta ötib, prezident devoni rahbari maslahatçisi Mixail Podolyak yarimoroldagi Rossiya armiyasi ta’minotining asosiy yöliga aylangan Qrim köprigiga zarba beriş zarurligini e’lon qildi. Xavfsizlik kuçlari ham undan qolişmadi, Ukraina razvedkasi rahbari Kirill Budanov The Wall Street Journal naşriga bergan intervyuda bosib olingan hududlar harbiy kuç bilan ozod etilişini aytdi. Milliy bayroq bayrami kuni esa Zelenskiy tez orada kök-sariq bayroq (qrim-tatar bayroği bilan birga) «Yaltada, Kerçda, Jankoyda, Simferopolda, Ay-Petrida hilpiraşi»ga va’da berdi.
Ritorikaning keskinlaşuvi diplomatik kelişuvga urinişlar boşi berk köçaga tuşib qolganidan dalolat beradi. Kreml Ukrainaning töliq taslim bölişini tinçlik sulhining asosiy şarti sifatida körayotganiga Kiyevning işonçi komil. Demak, endi Kreml «qizil çiziqlari»ni kesib ötmaslikning ma’nosi yöq.
Novofedorovkadagi plyajda dam olayotgan sayyohlar. Uzoqda harbiy aerodromdagi portlaşlar ortidan kötarilgan tutun ustuni. 2022 yil 9 avgust.
Reuters / Scanpix / LETA
Kiyev Qrimdagi harbiy infratuzilmaga zarba berdi va yarimorolni qaytariş uçun harbiy ssenariy haqida gapirmoqda. Ammo bu hujumlar Ukrainaning yarimorolni qaytarişga tayyor ekanini anglatmaydi
Rossiyaning Qrimdagi harbiy obektlarida sodir bölgan qator portlaşlar fonida Kiyev yarimorolni harbiy ssenariy orqali qaytariş imkoniyatlari haqida gapira boşladi.
9 avgust kuni Yevpatoriya yaqinidagi harbiy aerodromda rossiyaliklarning önga yaqin samolyotlari yöq qilindi. Oqibatda, Qora dengiz floti reaktiv samolyotlarining qariyb yarmini yöqotdi. Rossiya mudofaa vazirligi Ukrainaning aerodromga zarba berganini rad etib, portlaşlar öq-dorilarga ehtiyotsizlik bilan munosabatda böliş oqibatida yuz berganini ma’lum qildi.
16 avgust kuni Jankoy yaqinidagi portlaş oqibatida öq-dorilar ombori vayron qilindi. Bu safar Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina zarbasini tan olişga majbur böldi va buni «qöporuvçilik» deb atadi. Yarimorolga Ukraina dronlari orqali berilgan zarbalar, turli joylardagi portlaşlar, jumladan, Sevastopoldagi Rossiya Qora dengiz floti ştab-kvartirasi yaqinida sodir bölgan portlaş haqida boşqa xabarlar ham bor.
Ukraina hujumlarni uyuştirganini rasman tan olmayapti. Ammo Zelenskiy Ukraina fuqarolarini Qrimdagi harbiy inşootlardan uzoqroq bölişga çaqirmoqda.
Qrimga qilingan hujumlar Ukraina armiyasining yangi taktikasidan dalolat berişi mumkin. Ular mamlakat janubida qarşi hujum qiliş uçun resurslarga ega bölmagan holda, Rossiya qurolli kuçlarining orqa va ta’minot bazalariga zarba berib, kommunikatsiyalarni yöq qilişga intilmoqda. Buni Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov ham tasdiqladi. «Ularning Qrimda öq-dorilarga töla ombori bor va ular Ukraina janubiga yetkazib berilyapti. Şuning uçun, biz xuddi Kiyev kampaniyasida bölgani kabi, ta’minot liniyalarini uziş uçun ularni yöq qilişimiz kerak», degandi vazir.
Şunday bölsa-da, Qrimni harbiy yöl bilan ozod qiliş ssenariysi hozirda haqiqatga töğri kelmaydigandek körinadi. Kiyev aslida Qrimda ham duşmanga zarba berişga qodirligini namoyiş etmoqçi. Bu bilan Vladimir Putin pozitsiyasi qançalik mustahkam ekanini sinab körmoqçi. Avvalroq u Qrim xavfsizligi Rossiya siyosatining «qizil çiziqlari»dan biri ekanini ta’kidlagandi.
Fransiyaning Le Mond naşri yozişiça, «Zelenskiy muzokaralarga har qaçongidan ham unçalik moyil emasligi va uzoq davom etayotgan vayronagarçilik uruşida yangi kartalari borligini körsatdi. Putin juda oğir ahvolda qoldi va Kiyevning raqobatbardoş ekanini hisobga olişi kerak böladi. <...> Axir, Putin Qrimni öziga xos «qizil çiziq» deb, özini tuzoqqa tuşiruvçi pozitsiyani egallagan edi».
Zelenskiy jamoasi uçun içki siyosatda ham jamiyatning jangovar ruhini kötariş uçun Ukraina armiyasi texnik ustunligini namoyiş etişi muhim edi: Qrimga berilgan zarbalar bunday ustunlikning eng yaxşi isbotlaridan biridir.
Uruş Ğarbni Kiyev atrofida töpladi: Qrimni Ukrainaga qaytariş ğoyasi endi köproq nufuzli ittifoqçilarga ega
Kiyev Qrimni deokkupatsiya qiliş siyosatini amalga oşirişda Ğarb davlatlarining qöllab-quvvatlaşiga umid qilmoqda. Agar 2022 yil fevraligaça yarimorolni ozod qiliş köproq ritorikaga aylangan va jahon diplomatiyasining barça e’tibori Donbass va Minsk kelişuvlariga qaratilgan bölsa, Rossiyaning keng kölamli bosqinidan söng Ukraina Qrim yönalişida yanada jiddiy yordamga umid qilişi mumkin.
2022 yilda «Qrim platformasi» sammiti xavfsizlik nuqtayi nazaridan onlayn tarzda ötkazildi. Unda faqat Polşa prezidenti Anjyey Duda şaxsan iştirok etdi. Biroq, masofaviy iştirokçilar röyxati, 2021 yilga qaraganda ança katta edi. Forumning asosiy ma’ruzaçilari orasida AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken, Germaniya kansleri Olaf Şols, NATO Boş kotibi Yyens Stoltenberg, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Britaniya boş vaziri Boris Jonson, Turkiya prezidenti Rajab Erdöğan, Kanada boş vaziri Jastin Tryudo va Yaponiya boş vaziri Fumio Kisida bor edi. Sammitda 60 dan ortiq davlat va xalqaro taşkilotlar iştirok etdi.
Zelenskiy oçiliş tadbirida sözga çiqib, Qrim Ukrainaga qaytib, Yevropa Ittifoqining bir qismi bölişi va yarimoroldagi «bosqinçilik oqibatlari» bartaraf qilinişini yana bir bor ta’kidladi. Şuningdek, prezident hudud «Kiyev töğri deb hisoblaydigan har qanday yöl bilan qaytarilişi», bu borada «boşqa davlatlar bilan maslahat qilinmasligi»ni aytdi.
Xorijiy yetakçilar tomonidan ham keskin bayonotlar berildi. NATO şarqiy qanoti vakillari çiqişlari keskinroq böldi. Masalan, Duda Rossiya va Ukrainaning 2022 yil 23 fevral holatidagi çegaralariga qaytişini «qabul qilib bölmas» deb atadi. U «Ukrainaning butun hududini Qrim bilan birgalikda ozod qiliş zarurligi»ni ta’kidladi. Estoniya prezidenti Alar Karis Qrimda boşlangan uruş Qrimda tugaşi lozimligi haqidagi Zelenskiyning tezislarini yana bir bor takrorladi.
«Qrim platformasi» yakuniga köra, iştirokçilar bosib olingan hududlarni deokkupatsiya qiliş va Ukrainani qöllab-quvvatlaş maqsadida Rossiyaga bosim ötkazişda davom etişga va’da berişdi. Avvalgi sammit ham xuddi şunday rezolyutsiya bilan yakunlangandi, biroq matnning öxşaşligiga qaramay, mazmun tubdan özgardi. Agar 2021 yilda gap köproq Ukrainani ramziy qöllab-quvvatlaş va Qrimning annexia qilinişini tan oliş haqida ketgan bölsa (öşa paytda Ğarb davlatlari Rossiyani birinçi marta «bosqinçi davlat» sifatida tan olişgan), bugungi kunda Rossiyaga bosim misli körilmagan sanksiyalar bilan, Ukrainani qöllab-quvvatlaş esa Ğarb tomonidan berilayotgan katta harbiy va iqtisodiy yordamda ifodalanmoqda.