Joriy yil sentabr oyida Samarqand şahrida Şanxay hamkorlik taşkilotining navbatdagi sammiti ötkaziladi va unda qator xorijiy mamlakat rahbarlari qatnaşadi.
Viloyat Xalq ta’limi boşqarmasi axborot xizmatining xabar berişiça, ŞHT sammiti munosabati bilan Samarqand şahridagi umumta’lim maktablarida darslar 19 sentabrdan boşlanadi.
«Mazkur jarayonlar va tadbirlar ötkaziladigan hududlarga yaqin joylarda jamoat tartibini saqlaş va xavfsizlikni ta’minlaş, şuningdek, aholiga qulay şaroitlarni yaratiş maqsadida Samarqand şahridagi umumiy örta ta’lim muassasalarida öquv jarayonlari joriy yilning 19 sentabr sanasidan boşlanişini ma’lum qilamiz», deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, Samarqand şahridagi maktab öquvçilarining qoldirilgan dars soatlari öquv yili davomida ta’tillar hisobidan töldiriladi.
Avvalroq, XTV matbuot kotibi Laylo Rustamova vazirlik tomonidan bir neçta variant körib çiqilayotganini aytgandi. Unga köra, Samarqanddagi maktablarda darslar 20 sentabrgaça onlayn ötkazilişi yoki 5-10 sentabr kunlari darslar ötilib, sammit ötadigan haftada keçiktirilişi va 19 sentabrdan davom ettirilişi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Şuningdek, ŞHT sammiti munosabati bilan Samarqanddagi OTMlarda öqiş sentabr oyi oxiridan boşlanişi xabari berilgandi.











