Ularga ko‘ra, avtomobilga qulf ilib ketilib, ma’lum bir kartaga pul tashlansa, kod aytilishi va qulf ochilishi, shu orqali pul olinayotgani aytilgan.
Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, ushbu harakatlarni sodir etganlikda gumondor 29 yoshli M.A. ushlandi. Xolislar ishtirokida uning yonidan ikki dona kodli qulflar topilib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
IIBB xabariga ko‘ra, suhbat davomida u internetda shunday “pul ishlash” usulini ko‘rib, undan foydalanishga qaror qilganini aytgan.
Rejaga ko‘ra, u qulfni avtomashina eshigi ushlagichiga osib, haydovchiga qulfni ochish uchun kod raqamini sotib olish taklifi yozilgan xat qoldirgan. Ko‘rsatilgan hisob raqamiga pul mablag‘lari kelib tushgandan so‘ng, qulf kodini yuborishi kerak bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgani, uning natijalariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi aytilgan.











