Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
3 nafar sudya vakolati muddati davriga qayta tayinlandi, 12 nafari esa ilk bor sudyalik lavozimini egalladi
Sudlar oliy kengashining qarori bilan qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida sudyalarni vakolati muddati davriga qayta tayinlash masalasi ham ko‘rib chiqilgan. Bu haqda kengash matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha ochiq tanlov va muqobillik asosida o‘tgan tayinlov natijasida quyidagi 3 nafar sudyaga ishonch bildirilgan:
- Allayorov Fazliddin Mamadaminovich – sudyalik vakolati muddati davriga Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlangan va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilingan;
- Qurbonov Shuxratjon Shavkatjonovich – sudyalik vakolati muddati davriga Namangan viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlangan va shu munosabat bilan Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilingan;
- Olimov Davronbek Erkinovich – sudyalik vakolati muddati davriga Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlangan va shu munosabat bilan Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilingan.
Shuningdek, Sudyalar oliy kengashining yig‘ilishida ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlash masalasi ham ko‘rib chiqilib, 13 ta o‘ringa 27 nafar nomzoddan munosiblari tanlangan.
Jumladan, Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:
- Musayev Umidbek Maksudbekovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining sudyasi lavozimiga;
- Ochilov Xasan Rashidovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining sudyasi lavozimiga;
- Odilov Jahongir Shuxratovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudining sudyasi lavozimiga;
- Xudaybergenov Artur Germanovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
- Xudaybergenova Amina Turganbayevna – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
- Begmatov Azizbek Shoxobidinovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Asaka tuman sudining sudyasi lavozimiga;
- Abdiyev Xurshidbek Kattabekovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi lavozimiga;
- Ismoilov Kamoliddin Abdusamin o‘g‘li – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Farg‘ona viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
- To‘rayeva Nilufar Esanovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
- Mustafayev Baxtiyor Ulashovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
- Xusanov Ulugbek Ravshanovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
- Mirzamatov Shokirjon Mamadaliyevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Farg‘ona viloyati Rishton tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga tayinlangan.
Mavzuga oid
11:10 / 12.02.2025
Fuqarolar yig‘ini raislarining vakolat muddati 5 yilga uzaytirildi
13:24 / 06.02.2025
Sog‘liqni saqlash vazirligiga yangi vakolatlar berilishi mumkin
09:10 / 19.07.2024
O‘zbekistonda ombudsman vakolatlari kengaytirilishi mumkin
07:20 / 14.06.2024