Bugun, 30 avgust kuni Qoraqalpoğiston voqealarini örganiş böyiça Oliy Majlis komissiyasi va Jöqorği Kenges iltimosi bilan, yana 10 nafar gumonlanuvçi jamoat kafilligi asosida öz oilasiga qaytarildi.

Şu kuni avvalroq Boş prokuratura yana 24 fuqaroning qamoq ehtiyot çorasini insonparvarlik tamoyili asosida uy qamoği tarzidagi ehtiyot çorasiga almaştirgandi.

Şu tariqa, oilasi bağriga qaytganlar 34 nafarga yetdi.

Eslatib ötamiz, Boş prokuraturaga kiritilgan röyxat, namoyişlarda iştirok etganlikda gumon qilinib, olib ketilgan şaxslarning oila a’zolari tomonidan komissiyaga qilingan murojaatlarning örganilişi va gumonlanuvçilar bilan şaxsan suhbatlaşiş asosida şakllantirilgan.