Bu haqda prezidentning «Özbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qiliş strategiyasini tasdiqlaş töğrisida»gi farmonida aytilgan. 

Hujjatga köra, Moliya vazirligi tarkibida yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan Ijtimoiy suğurta jamğarmasi taşkil etildi. Jamğarma faoliyatini moliyalaştiriş manbalari davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisoblanadi.

Ijtimoiy suğurta jamğarmasi mablağlari hisobidan:

joriy yilning 1 sentabridan boşlab tuğuruq va homiladorlik nafaqasi davlat ijtimoiy suğurtasi doirasida eng kam iste’mol xarajatlari miqdorida tölanadi. Şu bilan birga, agar xodimning iş stajida bir oygaça tanaffuslar bölsa, uzluksiz iş stajini hisoblaşda tanaffuslardan oldingi va undan keyingi oylar hisobga olinadi;

kelgusida davlat ijtimoiy suğurtasi böyiça nafaqalarni tölaş «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi. 

7 mart kuni prezident «Oila va xotin-qizlarni tizimli qöllab-quvvatlaş borasidagi işlarni yanada jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonni imzolagan edi. 

Hujjatda 2022 yil 1 sentabrdan boşlab barça yuridik şaxslarda, budjet taşkilotlari bundan mustasno, oxirgi 6 oy davomida uzluksiz iş stajiga ega bölgan ayollarga tuğuruq va homiladorlik nafaqalari oylik iste’mol xarajatlarining eng kam miqdoridan kelib çiqqan holda davlat budjeti mablağlari hisobidan tölanişi belgilandi.