1 sentabrdan boşlab avtotransportni boşqariş uçun işonçnomalarni my.gov.uz orqali ham, masofadan ham qulay narxda rasmiylaştiriş mumkin.

Haydovçilar işonçnoma oliş uçun notarial idora izlab yurmaydi, hujjatni tasdiqlatiş uçun navbatlarda ham turmaydi. Barça jarayonlar onlayn amalga oşiriladi.

Hujjat unutib qoldirilganida ham muammo yuzaga kelmaydi. Işonçnomalar YPX xodimlari tomonidan elektron tekşiriladi.

Elektron işonçnoma uçun alohida tölov tartibi (davlat boji – BHM 3 baravari – 900 ming söm) belgilangan.

Bunda davlat boji:

  • 1 oygaça bölgan muddatga – 10 foiz (90 ming söm);
  • 6 oygaça bölgan muddatga – 50 foiz (450 ming söm);
  • 3 yilgaça bölgan muddatga – 100 foiz (900 ming söm) miqdorida undiriladi.

Bundan oldin 1 sentabrdan fuqarolar va yölovçi taşiş litsenziyasiga ega yuridik şaxslar örtasidagi transport ijarasi şartnomalarini notarial tasdiqlaş talab qilinmasligi xabar berilgandi.