Özbekiston hukumati va Birlaşgan Arab Amirliklari hukumati örtasida havo qatnovi töğrisidagi bitim asosida 30 avgustda “Özaviatsiya” agentligi tomonidan Fly Dubai aviakompaniyasining Özbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oşiriş huquqini beruvçi ekspluatatsion ruxsatnomasiga yangi - Dubay - Namangan - Dubay yönalişi kiritildi.

Bu aviakompaniya tomonidan muntazam parvozlarni amalga oşiriş uçun ruxsat olgan Özbekistondagi uçinçi aeroport hisoblanadi. Hozirgi kunda aviakompaniya Toşkent va Samarqand aeroportlariga aviaqatnovlarni amalga oşirmoqda.

Fly Dubai aviakompaniyasi Özbekistonga muntazam aviaqatnovlarni Boeing 737 havo kemalarida amalga oşiradi.

Bundan oldin FlyNas aviakompaniyasiga Jidda – Toşkent – Jidda yönalişida muntazam aviaqatnovlarni amalga oşiriş uçun ruxsatnoma berilgandi.