Davlat muassasalarida yölaklar 19 darajadan yuqori bölmagan tarzda isitilişi yoki umuman isitilmasligi kerak. Xususiy kompaniyalar ofis maydonidagi haroratni tartibga soliş uçun köproq huquqlarga ega bölişdi.
Rossiyaning Ukrainadagi uruşi tufayli yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida Germaniyada energiyani tejaş böyiça yangi qoidalar kuçga kirdi. 1 sentabrdan boşlab davlat muassasalari binolarida katta zal, foye va yölaklarni isitiş taqiqlanadi, ular isitiladigan joylarda esa havo harorati 19 darajadan oşmasligi kerak. Bu qoida ijtimoiy muassasalarga taalluqli emas.
Xususiy kompaniyalarga xona içidagi, jumladan, ofislardagi haroratni tartibga soliş uçun köproq huquqlar beriladi. Binolar va yodgorliklar endi tunda yoritib qöyilmasligi kerak. Soat 22:00 dan 16:00 gaça taşqi reklama yoritgiçlari öçiriladi, harakat xavfsizligi uçun zarur bölgan hollar bundan mustasno, masalan, temiryöl ostidagi yöl ötkazgiçlarda ular yoqiladi.
Yoritiş uskunalarini öçiriş qoidalari dökon oynalari va köça çiroqlariga taalluqli emas. Dökon eşiklari xaridorlarni jalb qiliş uçun doimo oçiq bölişi şart emas. Xususiy yopiq yoki oçiq suv havzalari gaz yoki elektr energiyasi bilan isitilmasligi kerak. Inqiroz şaroitida energiya sarfini kamaytiriş maqsadida ötgan hafta qabul qilingan yangi qoidalar fevral oyi oxirigaça amal qiladi.












