Yozgi transfer oynasi davomida Eldor Şomurodovning «Roma»ni tark etişi haqidagi xabarlarga qaramay, özbekistonlik hujumçi Rim klubida qoladigan böldi.

DAZN xabariga köra, transfer oynasining sönggi kunlarida Italiyaning «Leççe» klubi Şomurodovga qiziqiş bildirganiga qaramay, Eldor «Roma»da qoladigan böldi. Rimliklar ustozi Joze Mourino ham Şomurodovning klubda qolişini tasdiqlagan.

«Şomurodov bizga yordam bera oladi. Yozgi transfer oynasi davomida u bosim ostida böldi va endi tinçlanişi hamda bizga yordam berişi mumkin», – deya Joze Mourinoning sözlarini keltirgan RomaNews naşri.

Avvalroq, «Bolonya» Şomurodovni ijaraga oliş masalasida Rim klubi bilan kelişuvga erişa olmagani, unga «Monsa» va «Torino» klublari ham qiziqiş bildirgani haqida xabar qilingan edi. Ammo «Roma» faqatgina 10 mln yevrodan kam bölmagan takliflarni körib çiqişga rozi bölgan. 

Eslatib ötamiz, Rim klubi yozgi transfer oynasida ikki hujumçi – Afena-Nyan va Jastin Klyuyvert bilan xayrlaşdi. Jamoaga erkin agent sifatida Paulo Dibala va Andrea Belotti taklif qilindi. Şomurodov A Seriya dastlabki uç turida jamoa qaydnomasidan örin olgan bölsa-da, maydonga tuşmadi.