Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi uçuvçilari 2 sentabr, juma kuni bir kunlik iş taşlaşni boşladi. Frankfurt-Mayndagi Vereinigung Cockpit (VC) uçuvçilar kasaba uyuşmasi xabar berişiça, iş taşlaş Germaniyadan Lufthansa va Lufthansa Cargo tomonidan amalga oşiriladigan 800 ta reysning bekor qilinişiga olib keladi. Iş taşlaş içki va xalqaro yönalişlarda 130 mingga yaqin yölovçiga ta’sir qiladi va ba’zi hollarda 3 va 4 sentabr kunlari reyslarning bekor qilinişi hamda keçikişi istisno qilinmaydi, deya ogohlantirdi aviataşuvçi.
Kasaba uyuşmasi rahbariyati bir kun avval iş taşlaşni tarif kelişuvi böyiça muzokaralarda muvaffaqiyat qozonmagani va rahbariyatning murosaga borişni istamagani bilan izohlagan edi. «Iş taşlaşning oldini oliş uçun Lufthansa ança yaxşi taklif bilan çiqişi kerak», deya ma’lum qildi VC. Kasaba uyuşmalari bu yil 5000 kapitan va birinçi uçuvçilarning iş haqini 5,5 foizga oşirişni va maoşlarni inflatsiya bilan avtomatik boğlaşni talab qilmoqda.
Lufthansa bu talablarni haddan taşqari köp deb atadi va agar ular bajarilsa, kompaniyaning iş haqi va xodimlar xarajatlari yaqin ikki yil içida 40 foizdan köproq yoki 900 million yevroga oşişini ta’kidladi, bu esa, ta’kidlanganidek, mutlaqo qabul qilinişi mumkin emas. Rahbariyat kasaba uyuşmasiga yaxşi va ijtimoiy jihatdan muvozanatli paket taklif qilganini körsatdi va kasaba uyuşmasi rahbariyatini muzokaralar stoliga qaytişga çaqirdi.












