O‘zbekiston | 10:24 / 02.09.2022
2001
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Misr uchta sohada investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqchi

TIV rahbari Misr elchisini qabul qildi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Misrning mamlakatdagi elchisi Amira Fahmini qabul qildi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan tomonlar birgalikda choralar ko‘rishga tayyorligi ta’kidlandi.

Bo‘lajak tadbirlar jadvali, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Misr hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi va ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida maslahatlashuvlar navbatdagi davrasi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish istiqbollari, ishbilarmon doiralar bevosita aloqalarini rag‘batlantirish, biznes-forumlarni tashkil etish, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va boshqa sohalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi.

Birlashgan millatlar tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va Shanhay hamkorlik tashkiloti doirasidagi tomonlar o‘zaro munosabatlariga e’tibor qaratildi. Misr delegatsiyasining Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida ishtirokiga doir tashkiliy jihatlar muhokama qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid