Polşa Ikkinçi jahon uruşida yetkazilgan zarar uçun Germaniyadan undiriladigan reparatsiyani 1,3 trillion yevro deb baholamoqda.
Varşava Berlin bilan şu miqdordagi reparatsiya borasida muzokara ötkazmoqçi, dedi Polşadagi "Qonun va adolat" (PiS) partiyasi yetakçisi Yaroslav Kaçinskiy.
Uning sözlariga köra, bu miqdor konservativ usulda hisoblab çiqilgan va bundan ham baland bölişi mumkin edi.
Kaçinskiy Germaniya iqtisodiyoti bu miqdorni "bemalol kötara olişi"ga işonç bildirdi.
Polşa boş vazirining aytişiça, Germaniya bilan munosabatlar haqiqatsiz va kompensatsiyalarsiz bölişi mumkin emas.
Berlin Polşaning reparatsiya töğrisidagi talabini bir neça marta rad etgan. GFR hukumatining ta’kidlaşiça, Polşa 1953 yilda Germaniyaga nisbatan talabidan voz keçgan va buni bir neça marta tasdiqlagan.











