Moskvada «Lukoyl» neft kompaniyasi direktorlar kengaşi raisi Ravil Maganov jonsiz holda topildi. U markaziy klinik şifoxona derazasidan yiqilib tuşgan. Payşanba kuni Rossiya naşrlari öz manbalariga tayanib Maganovning ölimi haqida xabar berdi.

«Bugun ertalab Maganov markaziy klinik şifoxona derazasidan qulab tuşdi. U olgan jarohatlari natijasida vafot etdi», - deb xabar berdi «Interfaks» manbasi. «Kommersant»ning qayd etişiça, Maganov binoning oltinçi qavatidagi derazadan qulagan. Gazetaning ma’lumot berişiça, u oğir yurak-qon tomir kasalligi tufayli şifoxonada davolanayotgan bölgan.

Tez orada markaziy klinik şifoxona va tergov qömitasi Maganovning ölimini tasdiqladi. Tergov qömitasi gap öz joniga suiqasd töğrisida borişi mumkinligini bildirgan. Hozirça tergovga qadar suriştiruv olib borilmoqda, jinoyat işi qözğatilgani töğrisida xabar qilinmagan.

«Lukoyl» esa Ravil Maganov «oğir kasallikdan söng hayotdan köz yumgani» haqida xabar berdi.

67 yoşli Maganov 1993 yildan buyon «Lukoyl»da işlab kelayotgandi. U 1994 yildan kompaniya vitse-prezidenti sifatida faoliyat yuritgan. Maganov 2020 yilda kompaniya direktorlar kengaşi raisiga aylangan. Uning ukasi Nail Maganov - «Tatneft» boş direktori.  

Ukrainada uruş boşlanganidan söng «Lukoyl» Buyuk Britaniya sanksiyalariga tuşgan. Sanksiyalar röyxatiga xususan, kompaniya prezidenti Vagit Alekperov kiritilgan, keyinroq u «Lukoyl»dagi barça lavozimlarini tark etgandi. Asosiy şaxslardan biri bölmiş vitse-prezident Leonid Fedun ham kompaniyadan ketgan.

Mart oyi boşlarida «Lukoyl» direktorlar kengaşi uruşga qarşi çiqqandi. Kompaniya saytida Ukrainadagi qurolli mojaroni töxtatişga çaqirilgan bayonot e’lon qilingandi.

Top-menejyerlar ölimi

Reuters agentligining Maganov bilan yaxşi taniş bölgan ikki manbasi u öz joniga qasd qilganiga işoniş qiyinligini aytdi. 

«Lukoyl»ga yaqin yana bir manba esa kompaniya rahbariyati öz joniga suiqasd deb hisoblayotganini, ammo buni tasdiqlaydigan dalil yoki hujjatlarni körmaganini aytdi. 

Agentlik oxirgi bir neça oy içida Rossiya energetika sohasiga aloqador bir neça mansabdor noaniq sabablar bilan vafot etganiga e’tibor qaratgan.