Samarqand şahar hokimligi axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, şahar kengaşi qaroriga muvofiq ŞHT sammiti ötkazilişi munosabati bilan 14 sentabrdan 17 sentabrgaça Samarqand şahridagi Ibn Sino, Böstonsaroy, Universitet xiyoboni, Namozgoh, Sadriddin Ayniy, Registon, Rudakiy, Şohizinda, Usta Umar Jöraqulov, Islom Karimov, Afrosiyob, Beruniy, Mirzo Uluğbek, Gulobod, Muqimiy va Dahbed köçalarida barça transport vositalarining harakati çeklanadi.
Çeklov örnatilgan köçalarda istisno tariqasida tez tibbiy yordam va FVV maxsus transport vositalariga harakatlaniş uçun ruxsat beriladi. Boşqa haydovçilarga öz manzillariga yetib olişlari uçun aylanma yöllar orqali harakatlaniş taşkil etiladi.
Şuningdek, 5 sentabrdan 20 sentabrgaça Samarqand şahar hududiga yuk maşinalari va maxsus texnika vositalari qatnovi ham vaqtinça çeklanadi.
Bundan taşqari, viloyat hududidan ötgan M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboşi, M-37A hamda M-39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yöllarining Samarqand şahar hududiga kiriş-çiqiş qismlarida transport vositalarining harakati çeklanadi.
Qayd etilişiça, M-37A Samarqand halqa yöli avtomobil yölining 40-43-kilometrlari oraliğida joylaşgan avtomobillar ehtiyot qismlari bozori ham 5 sentabrdan 20 sentabrgaça vaqtinça faoliyat yuritmaydi.
Avvalroq, ŞHT sammiti munosabati bilan Samarqand şahridagi umumta’lim maktablarda darslar 19 sentabrdan, OTMlarda sentabr oyi oxiridan boşlanişi ma’lum qilingandi.












