Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina bosh shtabi: Putin 15 sentabrgacha Donetsk oblastini to‘liq egallashni buyurgan
Foto: UNN
Vladimir Putin Rossiya qo‘shinlariga 15 sentabrga qadar Donetsk oblastining ma’muriy chegaralariga chiqishni buyurgan. «Ukrainskaya pravda»ning yozishicha, bu haqda Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi bosh operativ boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Oleksiy Gromov ma’lum qildi.
«Dushman Xarkiv, Luhansk, Donetsk, Zaporijjya, Xerson va Mikolayiv oblastlarida bosib olingan rayonlarni ushlab turishda davom etmoqda, shuningdek, qaytadan hujumga o‘tish uchun qulay sharoitlar hozirlashga intilmoqda. Xususan, rossiyalik bosqinchi harbiylar Putinning 15 sentabrgacha Donetsk oblasti ma’muriy chegaralariga chiqish bo‘yicha buyrug‘iga muvofiq yana bir bor o‘z rejalari va harakatlarini muvofiqlashtirmoqda», degan u.
Gromovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina sharqida faol yurishlarni qaytadan boshlash uchun RF mudofaa vazirligi uchinchi armiya korpusi qo‘shilmalari va harbiy qismlarini qayta to‘plashda davom etmoqda. Korpus 2022 yil yozida Rossiyaning turli regionlaridan yig‘ilgan ko‘ngilli bo‘linmalardan tarkib topgan.
- Rossiya qo‘shinlarining Donbassdagi so‘nggi yirik muvaffaqiyati Severodonetsk — Lisichansk — Rubejnoye aglomeratsiyasi ustidan nazorat o‘rnatilib, butun Luhansk oblasti egallanishi bo‘lgandi. Bu iyul oyi boshida ro‘y bergandi.
Mavzuga oid
09:38 / 11.04.2026
Budanov: Moskva va Kiyev tinchlik kelishuviga yaqinlashmoqda
19:56 / 10.04.2026
Zelenskiy Ukrainaning yadro qurolidan voz kechishini «katta xato» deb atadi
17:52 / 10.04.2026
Rossiya va Ukraina o‘rtasida «pasxa sulhi» e’lon qilindi
10:55 / 10.04.2026