Ukraina Germaniya hukumatidan Rossiya agressiyasidan himoyalaniş uçun unga zamonaviy jangovar tanklar topşirişni söramoqda, dedi Ukraina boş vaziri Denis Şmigal Germaniyaga taşrifi arafasida dpa agentligiga. Uning intervyusidan parçalar 2 sentabr, juma kuni çop etildi. «Biz qurol-yaroğ ta’minoti falsafasini özgartirişimiz kerak. Bu bilan aytmoqçimanki: zamonaviy jangovar tanklar berilişi lozim», - deya ta’kidladi Şmigal. «Qöşma Ştatlar bizga Abrams tanklarini yetkazib berişini kutamiz, Germaniyadan esa Leopard 2’ni kutyapmiz. Bular Ukrainaga jang maydonida kerak bölgan zamonaviy tanklar», - dedi u.

Denis Şmigal 3 sentabr kuni Berlinga keladi, ertasi kuni esa Germaniya kansleri Olaf Şols bilan uçraşadi. Şu tariqa, Şmigal Rossiya tomonidan Ukrainaga qarşi uruş boşlanganidan beri Berlinga taşrif buyuradigan eng yuqori martabali ukrainalik siyosatçiga aylanadi.

«Germaniya Ukrainani qurol-yaroğ bilan qöllab-quvvatlaşda ulkan muvaffaqiyatlarga erişdi», dedi Ukraina boş vaziri. Dastlab Kiyevga faqat himoya vositalari va dubulğalar yetkazib berilgan bölsa, bugungi kunda bu - eng zamonaviy quroldir, dedi u. Xususan, iyun oyida Ukraina birinçi marta Germaniyadan PzH 2000 öziyurar artilleriya qurilmalarini oldi. Bundan taşqari, Berlin Kiyevga 15 ta öziyurar zenit qurilmalari, uçta yalpi öt oçiş reaktiv tizimi va uçta zirhli qutqaruv maşinasini yubordi. «Ammo, biz imkon qadar tezroq köproq qurol va texnika olişni istaymiz», - dedi Denis Şmigal. 

Jang tanklari va piyoda jangovar maşinalarni töğridan töğri topşiriş hali ham Şols kabineti uçun taqiqda turibdi. NATOning heç qaysi davlati haligaça bunday qurol tizimlarini Ukrainaga bermagan, deya qayd etdi dpa. Ispaniya esa Kiyevga Germaniyada işlab çiqarilgan Leopard 2 tanklarini taklif qildi. Şmigal ular Ukraina tomoniga töğridan töğri berilişini talab qilmoqda. Şuningdek, u Şolsdan IRIS-T havo mudofaa tizimlarini söradi. Germaniya hukumati avvalroq törtta şunday tizim jönatişga va’da bergan edi. Biroq, Ukraina, Denis Şmigalning sözlariga köra, 12 ta bunday tizimga muhtoj, ya’ni - uç barobar köp. 

Bundan taşqari, Ukraina hukumati rahbari Germaniyadan moliyaviy yordam olişdan umidvor. «Şuningdek, kansler Şols Xalqaro valuta jamğarmasi va Yevrokomissiya orqali keyingi yordam körsatişda yetakçi rol öynaşini kutamiz. Xalqaro yordamsiz Ukraina iqtisodiyoti giperinflatsiya xavfi ostida», - dedi Şmigal. 

Ukraina boş vaziri Germaniya xalqini uruş bilan boğliq barça muammolarga qaramay, uning borişini kuzatişga çaqirdi. «Biz ozodlik tarafdorimiz. Ozodlik uçun kuraşişdan çarçaş mumkinligiga işonmayman», - deydi u. «Biz hammamiz bu rejimning (Putinning) nişonidamiz. Birga bölişimiz va Yevropada ozodlik uçun birgalikda kuraşişimiz kerak», - deya xulosa qildi Ukraina vazirlar mahkamasi rahbari.