Liverpul va Milanda derbi, «MYu» «Arsenal»ni töxtata oladimi? Hafta öyinlari anonsi
|19:20 / 03.09.202220 51117 min
Bu safargi anons yozişda özimizni top-klub murabbiyidek his qildik, çunki aynan şu haftada qiziqarli top uçraşuvlar, derbilar juda köp. Buning ustiga kelasi hafta YeÇL bahslari boşlanayotgani munosabati bilan aksariyat top klublar öz öyinlarini bugun ötkazişadi. Tabiiyki, siz muxlislar ham bizning holatimizga tuşasiz va öyinlarni tanlaşda qiyinçilikka duç kelişingizdan aminmiz.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
APL. 6-tur
3 sentabr (şanba)
EVeRTON – LIVeRPUL
Öyin boşlaniş vaqti: 16:30
Translatsiya: Setanta Spors
«Bornmut» bilan öyindagi yirik va «Nyukasl» ustidan qozonilgan yirik ğalabalardan söng, «Liverpul» ijobiy muhitga ötib oldi, ammo bundan keyingi öyinlarda bosim ortib boradi. Çunki jamoa yöqotilişi kerak bölgan oçkolarni yöqotib böldi, demak har bir öyinda ğalaba uçun maydonga tuşişi şart. Raqiblar esa «Everton», keyingisi «Vulverhempton», «Çelsi» – heç biri osonlikça taslim bölmaydi. Buning ustiga kelasi haftadan YeÇL öyinlari boşlanadi va Klopp şogirdlari oson bölmagan guruhda, yuqorida tilga olingan raqiblar bilan uçraşuvlar oraliğida «Napoli» va «Ayaks» bilan öynaydi. Xullas, jamoa jula tiğiz va mas’uliyatli pallaga yaqinlaşmoqda.
Yaxşi xabarlar ham bor, masalan, Darvin Nunez uç öyindan iborat diskvalifikatsiyasini ötab böldi va derbiga tayyor. Şuningdek, Yurgen Klopp Diogu Jota ham umumiy maşğulotlarga qaytganini ma’lum qildi, ya’ni u ham asosiy tarkibda öynay oladi. Şuningdek, Hendersonning kutilmagan jarohatidan söng, klub undan ham kutilmagan transferga qöl urdi – Artur «Yuventus»dan ijara asosida tarkibga qöşildi. Matbuot anjumanida u qaysi öyinda debyut qilişi mumkinligi borasida aniq fikr aytilmadi, lekin bugungi bahsda ham tarkibda paydo böliş ehtimoli bor.
Foto: Getty Images
Lempard şogirdlari esa ança yomon ahvolda. Jamoa mavsumni ikki mağlubiyat bilan boşlab, keyingi uç öyinda durang qayd etdi va turnir jadvalida faqat bio jamoadan köproq oçko töplagan xolos. Ayniqsa, oxirgi ikki öyinda «Everton» raqiblar darvozasiga birinçi bölib gol urib, ğalabani uşlab qola olmadi. Ammo şu bilan birga sönggi kunlardagi transferlar «Everton»ga ijobiy ta’sir qilişi kerak. «Brayton»dan Nil Mope, «MYu»dan Jyeyms Garner transfer qilindi. Jamoa tarkibida yuzdan ortiq öyinda maydonga tuşgan Idrissa Guyye Parijdan qaytdi.
Liverpul derbilarida asosan «qizillar»ning qöli baland kelgan. Umuman «Everton»ning öz maydonidagi sönggi ğalabasi 2010 yilga töğri kelişini ham ta’kidlaj joiz. Ammo har doim derbilar murosasiz ötgan va köp öyinlarda durang qayd etilgani ham bor gap. Bir yarim yil oldin esa fevral oyida «köklar» «Enfild»da «Liverpul» ustidan 2:0 hisobida ğalaba qozongandi. Lempard şogirdlari keyingi öyinlarni «Arsenal», «Vest Hem», «Mançester Yunayted» hamda «Tottenhem»ga qarşi ötkazadi. Demak aynan mana şu davr murabbiyning ehtimoliy iste’fosi haqidagi savollarga ham aniq javob beradi.
Mavzuga oid
Bundesliga. 5-tur
3 sentabr (şanba)
UNION BeRLIN – BAVARIYa
Öyin boşlaniş vaqti: 18:30
Translatsiya: Setanta Spors
Şarqiy Germaniyada futbol markazi «Leypsig»dan yana Berlinga köçadigan körinadi. «Union»ning Bundesligaga çiqqandan keyingi progressi «Leypsig» kabi tez bölmasa-da, ança asosli bölmoqda. Dastlabki yilda Fişer şogirdlarini elitada olib qolişga erişdi, ikkinçi mavsumda esa avvalgidan 10 oçko köp jamğarib, yevrokuboklar zonasiga yaqin keldi – 7-örin. Ötgan yili esa jamoa 57 oçko töplab, 5-örinni egalladi va Yevropa ligasi guruh bosqiçi iştirokçisiga aylandi. Berlinliklar ötgan mavsumda «Leypsig»dan atigi 1 oçkoga ortda qolgan bölişsa, hozirda «Bavariya» darajasida oçko töplamoqda. «Union» 4 öyindan söng 10 oçko töplagan va faqat töplar nisbati böyiça myunxenliklardan ortda turişibdi. Töğri, keça «Borussiya» öz öyinini yutib, birinçi öringa kötarilib oldi, ammo tur yakunlari böyiça peşqadam aynan mana şu uçraşuvdan söng ma’lum böladi.
«Union» ötgan turlarda oddiy öyinlar ötkazmaganini, Berlin derbisiga «Herta»ni 3:1, «Leypsig»ni esa 2:1 hisobida yengganini, ötgan turda esa «Şalke» öz maydonida 1:6 hisobida doğda qoldirilganini alohida ta’kidlaş kerak.
«Bavariya» esa kelayotgan haftada Çempionlar ligasida «Inter» mehmoni böladi. Öziga yaraşa qiyin guruhga tuşib qolgan myunxenliklar dastlabki turda yutqazmasligi şart. Demak, Flik qaysidir ma’noda rotatsiyaga qöl urişi va balki mezbonlar bundan foydalanib qolişi ham mumkin. Şu paytgaça özaro öyinlarda «Union» raqibi ustidan ğalaba qozona olmagan, lekin bir yil oldingi mavsumda har ikki öyin ham durang natija bilan tugagandi.
Yana bir qiziq fakt – mezbonlar tarkibida bir paytda Germaniya terma jamoasi tarkibida jahon çempioni bölgan Sami Xediraning ukasi Rani Xedira töp suradi.
La Liga. 4-tur.
3 sentabr (şanba)
ReAL MADRID – BeTIS
Öyin boşlaniş vaqti: 19:15
Translatsiya: Yoşlar telekanali
Yevropa kuçli beşligida bugungaça faqat uç jamoa oçko yöqotgani yöq. Londonning «Arsenal» klubi 5 uçraşuvning barçasida ğalaba qozongan bölsa, Ispaniyada 3 turdan söng yuz foizlik natija qayd etgan ikki jamoa bor – «Madrid» va «Betis». Ötgan mavsumda faqat sönggi turlarga kelibgina YeÇL örinlarini boy bergan «Betis» bu safar ham ança jiddiy körinadi. Klub katta transferlar amalga oşirmagan bölsa-da, öz tarkibining asosiy qismini saqlab qolgani ham katta natija. La Liga bu APL emas, tarkibning özgarmasligi ham raqobatçilar oldida ustunlik bera olişini ta’kidlaş kerak.
«Real» ham bu öyinda kötarinki ruhda bölişi şubhasiz, zero dastlabki uç öyinni safarda ötkazgan Ançelotti şogirdlari mavsumda ilk bor öz muxlislari qarşisida töp suradilar. Qiziği, buyoğiga La Liga öyinlarida to 19 oktyabrgaça, ya’ni 6 öyinni «Real» Madridda ötkazadi. Öz maydonidagi 4 öyindan taşqari, safar uçraşuvlari ham «Xetafe» va «Atletiko»ga qarşi derbilarga töğri kelgan.
Matbuot anjumanida Karlo Ançelotti tarkibda jarohatlanganlar yöqligini va barça bölajak uçraşuvga tayyor ekanini bildirdi. Ançadan beri «Madrid»da bu holat kuzatilmayotgandi. Pellegrini şogirdlari içida esa Montoya, Karvalyu, hamda Kamarasada jarohat bor. Şuningdek, Xerman Petsselya «Osasuna»ga qarşi öyinda qizil kartoçka olgan va diskvalifikatsiya tufayli şeriklariga yordam bera olmaydi.
Darvoqe, «Real» öz maydonida öynaşni yana biroz keçiktirib tursa bölardi. Çunki «Betis» aynan «Bernabeu»dagi sönggi uçraşuvlarda ajoyib körsatkiçlarga ega. Mezbonlar sönggi 5 öyinda andaluslar ustidan ğalaba qozoniş uyoqda tursin, birorta ham gol ura olişmayapti. Sönggi uç öyin bir xil – 0:0 hisobida tugagan bölsa, oldingi ikki uçraşuvda «Betis»ning qöli baland kelgandi. Kim biladi, balkim «Real» yangi «Bernabeu»da mana şunday qora an’anani buziş bilan yana bir yangi davrni boşlab berar...
A Seriya. 5-tur
3 sentabr (şanba)
MILAN – INTeR
Öyin boşlaniş vaqti: 21:00
Translatsiya: Sport TV
Tan oling, «Yuventus»ning biroz çekinişi bilan Italiya A Seriyasi şu ma’noda Superligamizni eslatib yubormoqda. 4 turdan söng Italiyada 6 jamoa hali mağlubiyat nimaligini bilmayapti va «Inter»niyam qöşsak, jami 7 jamoa çempionlik ambitsiyasiga ega. Hatto çempionlikdan söng, biroz çekinişi taxmin qilingan «Milan» ham mavsumni ança işonç bilan boşladi, «Atalanta» umuman 1-örinda bormoqda, «Roma» eng zör transferlarni amalga oşirdi, «Latsio» va «Napoli»ning ham iştahasi joyida. Bunday fonda tabiiyki, Milan derbisi özgaça mazmun kasb etadi – mağlubiyatga uçragan jamoa karvondan ajrab qolişi mumkin axir.
«Milan» transfer bozorida yomon işlamadi. Kesse Barselonaga ketgan bölsa-da, misol uçun, Florensi jarohat olgaç, sanoqli kunlarda Serjino Dest olingani ham tahsinga sazovor. Undan ham e’tiborlisi, ba’zi xabarlarga köra, «Milan» Rafayel Leau böyiça «Çelsi»ning 100 millionlik taklifini rad etgan – mana şuning özi milanliklarning bu mavsum ham ança jiddiy kuç böla olişini isbotlaydi. Divok Origi hujum çiziğida navbatdagi opsiyani bersa, mutaxassislar ayniqsa, Şarl de Ketelareni yuqori baholaşmoqda. Belgiyalik 20 yoşli yarimhimoyaçi barça öyinlarda maydonga tuşmoqda. «Inter» uçun esa Lukakuning qaytgani katta voqea va jamoani tubdan özgartirişga qodir.
Foto: Getty Images
Bugungi öyin uçun esa Lukaku ham, jamoani kuçaytirişi mumkin bölgan yana bir futbolçi – Genrix Mxitaryan ham şeriklariga yordam bera olişmaydi. Ularda jarohat bor. Xuddi şu sabab bilan qizil-qoralar tarkibida yuqorida tilga olingan Florensi, hamda Rebiç va Kruniçlar ham maydonga tuşa olişmaydi.
Milan derbisi Italiyada özgaça, aniqroği, avvalgidek darajaga çiqayotganining yana bir isboti şundaki, bu ikki jamoa yanvar oyida Italiya superkubogi uçun ham bahs olib boradilar. «Milan» mamlakat çempioni, «Inter» esa kubok sohibi sifatida. Heç qanday «Yuventus» yoki «Napoli» yöq, zörmi?
La Liga. 5-tur
3 sentabr (şanba)
SeVILYa – BARSeLONA
Öyin boşlaniş vaqti: 23:55
Translatsiya: Yoşlar telekanali
«Barselona» xuddi yil boşidagidek, tört golli rejimga ötib oldi, avvaliga «Real Sosedad», keyin esa «Valyadolid» yirik hisobda mağlub etildi. Robert Levandovski esa bu öyinlarda dubl qayd etdi. De Yong va Depay qoldi, Dest va Obameyang ketdi, xullas, yaxşi kayfiyatda va har çiziqda ikkitadan yuqori saviyali ijroçilar bilan «Barselona» «Real»ni quvişni boşladi. Jamoa hafta örtasida Çempionlar ligasida töp suradi, lekin Xavida deyarli har bir pozitsiya böyiça rotatsiya qiliş imkoniyati bor.
Foto: Getty Images
«Sevilya» esa aksinça, mavsumni juda yomon boşladi. Avvaliga «Osasuna»ga, ötgan turda esa debyutant «Almeriya»ga imkoniyatni boy berdi. Öz maydonida La Ligaga yangi qöşilgan yana bir jamoa bölmiş «Valyadolid» bilan durang öynadi. Taqvimga qaralsa, hozirda yuz foizlik natija körsatiş kerak bölgan Lopategi şogirdlari atigi 1 oçko bilan sönggi poğonalarda yuribdi. Aslida «Sevilya» transfer bozorida ança faol böldi. Aleks Telles, Isko, Kuassi kabi futbolçilar top-klublardan jamoa safiga qöşildi, Yanuzay va Dolberglarda hatto Çempionlar Ligasi tajribasi bor. Albatta, öziga yaraşa saviyali ijroçilardan iborat jamoaning qaytiş nuqtasi böladi va agar öşa palla «Barselona»ga qarşi öyinga töğri kelsa, biz ança murosasiz va qiziqarli bahsning guvohi bölişimiz şubhasiz. Keyingi uçraşuv esa uç kun ötib, Çempionlar Ligasida «Mançester Siti»ga qarşi.
Özaro öyinlarga kelsak, ayniqsa, Andalusiyada ötgan öyinlarda mezbonlar «Barselona»ga munosib qarşilik qila olişgan. Masalan, oxirgi tört öyinda atigi bir marotaba mehmonlarning qöli baland kelgan xolos. Ötgan mavsumdagi öyinda esa Gomes va Arauxoning gollari evaziga tomonlar murosa köçasini tanlaşgandi.
Tarkiblarga kelsak, mezbonlar tarkibida Korona uzoq muddatga safdan çiqqan, Markaoning maydonga tuşişi söroq ostida. «Barselona» markaziy himoyasida Kristensen harorati oşgani tufayli öynay olmaydi.
APL. 6-tur
4 sentabr (yakşanba)
MANÇeSTeR YuNAYTeD – ARSeNAL
Öyin boşlaniş vaqti: 20:30
Translatsiya: Setanta Spors
«Old Trafford»dagi oxirgi öyinida mezbonlar «Liverpul»ni qabul qilgan va öşa öyin oldidan ten Hag şogirdlari 20-örinda borayotgan edilar. Oradan ikki hafta vaqt, uçta minimal ğalaba, hamda 170 million yevro ötdi va endi «Yunayted» ğalaba qozonadigan bölsa, peşqadamning yurişini töxtatiş bilan birga, hatto 3-öringa kötarilib oliş imkoniyatiga ega. «Liverpul»ga qarşi öyin kutilmaganda autsayderga aylanib qolgan ikki katta klubning «kim oldin örnidan turiş» bahsi sifatida baholangan bölsa, uşbu klassika bevosita yuqori örinlardagi muvozanatga ta’sir qiluvçi markaziy uçraşuvga aylandi. Atigi ikki haftada.
Bundan taşqari, «Arsenal» bu öyinga öziga yaraşa muammolar bilan kelayotganini alohida ta’kidlaş kerak. Çunki bunday kötariliş davrlarida yoş jamoadagi kiçik bir yöqotişlar ham öyin sifatida sezilarli ta’sir ötkazişi mumkin. Tomas Parti va Muhammad Al-Nenni jarohatlangan. «Aston Villa» bilan öyinda Edegor va Ramsdeyl ham kiçik jarohat olişdi va ularning ham öyinga tayyor bölişlari söroq ostida. Şuningdek, xuddi şunday şubha ostida Aleksandr Zinçenko qolgan. Arteta şogirdlarining ajoyib öyinlarini kamsitmagan holda aytiş kerakki, «Arsenal»ning bugungi egallab turgan örni qisman taqvimga ham boğliq. Londonliklar debyutantlar «Fulhem» va «Bornmut», yomon davrlarni boşdan keçirib, murabbiylari iste’fo yoqasida bölgan «Lester» va «Aston Villa» bilan öynaşdi. Faqat «Kristal Pelas» ança kuçliroq edi, ammo Viyeyra şogirdlari ham öyinni «Arsenal» uçun qulay taktikada boşlaganini aytiş kerak. Xullas, Arteta jamoasi uçun ilk jiddiy sinov aynan «Old Trafford»da bölişini va bu öyinga jamoa tarkibdagi muammolar bilan yetib kelgani intrigani badtar oşiradi. Zero Erik ten Hag «Liverpul» bilan öyinda körsatdiki, u şogirdlarini töpni nazorat qilişga intiladigan raqibga qarşi munosib tayyorlay oladi, qarşi hujum va ikkinçi raqamda töp suriş imkoniyatiga ega.
Foto: Getty Images
«MYu» tarkibi muammolardan biroz holi. Hatto yangi kelgan Antoni ham tölaqonli maşğulotlarga kirişdi, Viktor Lindelof tiklandi. Lesterdagi öyinda Kriştianu Ronaldu ham öz formasini tiklayotganini namoyiş qildi. Murabbiy matbuot anjumanida faqat Antoni Marsiyal jarohati tiklanmaganini aytib ötdi. Şuningdek, Lyuk Şouning ham maydonga tuşişi söroq ostida.
Ötgan mavsumdagi har ikki öyinda mezbonlarning qöli baland kelgandi. «Old Trafford»da Ronalduning dubli «MYu»ning 3:2 hisobidagi ğalabasini ta’minlagan bölsa, Londondagi öyinda mezbonlar 3:1 hisobida ustun kelgandilar. Gollarni Tavareş, Saka va Jaka, mehmonlardan esa Kriştianu Ronaldu kiritgan.
BOŞQA ÖYINLAR
3 sentabr. Fiorentina – YuVeNTUS (18:00), ÇeLSI – Vest Hem (19:00), TOTTeNHEM – Fulhem (19:00), Aston Villa – MANÇeSTeR SITI (21:30), NAPOLI – LATsIO (23:45), Nant – PSJ (23:55)