Hisob oçilmay qolgan bölsa-da, Mersisayd derbisi zerikarli keçmadi, öyin boşidanoq Deyvisning zarbasi ustunga tegdi. Şundan keyin qizillar töliq kuç bilan oldinga ötişdi va ma’lum vaqt davomida «Gudison Park»da Pikford asosiy qahramon bölib turdi. «Everton» darvozaboni seyvlari bilan Nunes va Diasning urinişlarini yöqqa çiqardi. Öyinning borişidan Yurgen Klopp jamoasi baribir öz maqsadiga yetişadigandek tuyulardi.
Ammo «irislar» ikkinçi bölim örtalariga kelib öziga keldi — ular prinsipial raqibga ketma-ket muammolar tuğdirişdi. Ayniqsa Mopey ajralib turdi, uning zarbalari Alissonning mahorati tufayli golga aylanmay qoldi, keyin esa VAR Koadining golini ofsayd tufayli bekor qildi, bu vaziyatda Mopey pas uzatayotgan vaqtda himoyaçi bir neça santimetr oldinga çiqib ketgandi. Bunday şiddatli öyin va darvozalarga jami 37 bor zarba berilgani holida hisob oçilmagani hayratlanarli. Ammo bunda ham mantiqiylik bor, «Everton» va «Liverpul» Angliya futbolida özaro uçraşuvlarni golsiz ötkaziş böyiça rekordçi (36 öyin) hisoblanadi.
Çelsi — Vest Hem 2:1
Gollar: Çiluell (76), Havers (88) — Antonio (62).
Yana bir bor öyinni markaziy hujumçisiz boşlagan «Çelsi» (APLga qaytgan Obameyang Barselonadagi talonçilik vaqtida yuzidan jarohatlangandi) hududlar va töpni nazorat qilgan bölsa-da, «bolğaçilar» mudofaasini hayratga sololmadi. Parallel keçgan London derbisida esa «Tottenhem» «Fulhem»ga qarşi öyinda Heybergning goli tufayli oldinga çiqib olgandi.
«Stemford Brij»da esa öyinning bir soati ötgan mahalda ham darvoza sohasiga birorta aniq zarba yöllanmagandi. «Vest Hem» esa qisqa vaqtga oldinga ötişi muvaffaqiyat keltirdi. Bouen töpni havoda töxtatmay yöllagan zarbadan keyin Mendi qutqardi, burçak zarbasi ijro etilganda esa Antonio hisobni oçdi. Bu haqiqiy şok holati edi, ammo «Çelsi» safida zaxiradan öyinga qöşilgan Çiluell qiyofasida kutilmagan qahramon topildi.
Mavzuga oid
Himoyaçi hujumçilarga xos tarzda harakat qilib, raqib jarima maydonida boş bilan töp uçun kuraşda ikki himoyaçidan ustun keldi va töpni öziga böysundirib, ötkir burçakdan turib töpni darvozabon oyoqlari orasidan ötkazgan holda hisobni tenglaştirdi. Bu vaqtda Keyn «Tottenhem»ning ğalabasini ta’minlab, gollari sonini 188 taga yetkazgan holda APL tarixidagi töpurarlar röyxatida uçinçi öringa kötarilgandi, köklar stadionida esa barçasi qiziq tus olayotgandi.
Birinçidan, uçraşuv qahramoni Çiluellning qanotdan bergan uzatmasidan keyin nihoyat Havers joriy mavsumdagi gollari hisobini oçdi, Tomas Tuxel uni odatda hujum markazida öynatmoqda. Ikkinçidan, Angliya futboli sönggi daqiqalarda röy bergan holatni muhokama qiladigan böldi. Gap arbitr Endi Madlining qarori haqida bormoqda, u monitorga borib (bunaqasi Angliyada kamdan kam röy beradi), Kornening golini bekor qildi. Hakamning hisoblaşiça, Bouen hujum vaqtida Mendini bosib olib, qoida buzgan. Hakam öyin davomida Jyeymsning folini ham közdan qoçirdi, u gazonda yotgan raqibga butsasining ost qismi bilan zarba bergandi. Ammo nima bölmasin, «Çelsi» nihoyat ğalabaga erişdi, Korne esa hisob 1:1 ekanida bir neça metr masofadan turib töpni ustunga tekkizgandi — u Angliya futbolida şanba oqşomidagi eng omadsiz inson edi.
Aston Villa — Mançester Siti 1:1
Gollar: Beyli (74) — Holand (50).
Aston Villa – Martines, Keş (Yang, 27), Mingz, Konsa, Din, Buendia, Makginn (Koutino, 65), Kamara, Luis, Remzi, Uotkins, Beyli (Buendia, 90+2).
Mançester Siti – Ederson, Uoker (Ake, 80), Stounz, Diaş, Kanselu, Gundöğan, de Bryuyne, Rodri, Silva (Mahrez, 73), Foden, Holand.
Ogohlantirişlar: Keş (26), Din (71).
Endi Angliyadagi har bir tur oldidan bir savol turadi: bu safar Holand neçta gol uradi? Aynan «qança», «uradi yoki yöq» emas. Şu tufayli Birmingemdagi öyinning birinçi bölimi nursiz durang bilan yakunlanişi sensatsiya ölaroq qabul qilindi, «Aston Villa»ning mudofaadagi öyini va tez-tez norvegiyalik futbolçi bilan töqnaşgan Mings — uçraşuvning yorqin lahzalari böldi. Faqat çinakam mohir futbolçilar maksimal darajadagi qarşilik vaqtida özini körsatişadi va Holand ham baribir gol urdi.
Remsi esa hisobni tenglaştiriş uçun yuzaga kelgan qulay imkoniyatni yöqqa çiqardi. Ammo hisob tenglaşmasligi adolatdan bölmasdi, «Siti» futbolçilari öz imkoniyatlaridan foydalana olişmadi yoki buyuk Martinesdan öta olişmadi. Buni esa kimdir jazolaşi kerak edi va bu töpga bir teginişda uni «töqqizlik»ka mixlagan Beyli böldi. Bu birmingemliklarning darvoza sohasiga yöllagan ilk zarbasi böldi, Koutinoning goli esa ofsayd tufayli bekor qilindi.
Bu Stiven Jyerrardga özini ruhan ğolib his qilişga xalal berolmadi, Holand esa Angliya çempionatidagi 10 goli uçun atigi olti öyin ötkazib, Kuinning rekordini takrorladi.
Ispaniya: Vinisius tavqi la’natni yeçdi, Kunde «Sevilya»ga rahm qilmadi
«Santyago Bernabeu» şanba kuni kunning markaziy öyinini qabul qildi, bu öyinga raqib jamoalar ötgan uç turdagi yuz foizlik natija bilan yetib kelgandi. «Betis» madridliklarning goliga tezkorlik bilan javob qaytarib, öz muvaffaqiyati tasodif emasligini namoyiş etdi. Lekin bunda ajablanarli jihat yöq. Birinçidan, oq-yaşillar boş murabbiylikka Manuel Pellegrini kelganidan buyon faqat ösmoqda. Ikkinçidan, andalusiyaliklar poytaxtga tarixiy seriya bilan taşrif buyurdi — jamoa «Qirollik klubi»ga qarşi sönggi beş safar öyinida gol ötkazmagandi.
«Real»ning bu jamoaga qarşi uy öyinlaridagi sönggi muvaffaqiyati 2017 yil martiga töğri keladi, öşanda Serxio Ramos gol urgandi. Şundan keyin madridliklarda ikki mağlubiyat va uç golsiz durang bölgan, şunday ekan, Vinisius Junior Alabaning uzoq masofaga uzatmasidan keyin töpni darvozabon ustidan oşirib taşlagan holda, amalda tavqi la’natga barham berdi. Qolgani texnika işi edi, ikkinçi bölimda Valverde va Rodrigu ğalaba golini uyuştirişdi. «Betis» muxlislarini esa zaxiradan öyinga qöşilgan 40 yoşli Xoakin Ispaniya çempionatida 20-mavsumida öynab, la liga rekordini örnatgani taskin berişi mumkin.
Andalusiyaliklar «Barselona»ga qarşi öyinni juda kuçli boşlaşgandi. Kataloniyaliklar bu mavsumda hali bunday qiyinçilikka duç kelişmagandi, ammo Rakitiç, Isko va An-Nosiriy gol ura olişmadi, mehmonlar esa imkoniyatlaridan foydalanişdi. Levandovskining zarbasidan keyin himoyaçi töpni darvoza çiziğidan qaytargandi, töpga birinçi bölib Rafinya yetib keldi.
Polşalik futbolçining özi oradagi farqni oşirdi, Kunde olis masofadan töpni jarima maydoniga yetkazib berganida mehmonlar markaziy himoyaçilari uni qarovsiz qoldirişdi. «Sevilya»ni Diyego Karlos va Kunde tark etgaç, jamoa himoyasi juda tarqoq holga kelgan. Fransuz futbolçisi ikkinçi bölimda ham Erik Garsiya gol urişida asosiy işni bajardi. Mudofaa markazidagi bu ikki futbolçi bor ekan, Pike zaxira örindiğida ğamga botib ötirişi yoki «Barsa»ning navbatdagi yirik ğalabasini nişonlaşi mumkin.
Germaniya: «Bavariya» yana ğalabasiz
Juma kungi öyinda Dortmundning «Borussiya» klubi ğalabaga erişgaç, Berlindagi öyin çempionatning ikkinçi va uçinçi jamoalari töqnaşuviga aylandi, ğolib jamoa turnir jadvalida yakkapeşqadamga aylanib olişi mumkin edi. «Union» ötgan mavsumdagi natijalar takrorlanmasligi uçun bor kuçini işga soldi - ötgan mavsumda «Bavariya»ga qarşi öyinlarda yirik hisobdagi mağlubiyatlar qayd etilgandi (2:5, 0:4). Öşanda gollarning törttasi Levandovski hisobiga yozilgandi, usiz amaldagi çempionlar u qadar dahşatli körinmayapti.
Hozirda raqiblarga surinamlik Bekker dahşat solmoqda, u şanba kungi öyinda ham hisobni oçdi. Uning jarima zarbasi amalga oşirilganida töpni havoda töxtatmay yöllagan zarbasi Noyyerni ilojsiz qoldirdi va berlinliklar hujumçisi turnir töpurarlari röyxatida birinçi öringa kötarildi. Ha, Kimmih tezda muvozanatni tikladi, ammo «Bavariya» boşqa imkoniyatlaridan foydalana olmadi. Jamoa qatorasiga ikkinçi öyinda durang qayd etdi, Dortmund jamoasiga esa bu turda Leverkuzenda ajoyib öyin körsatgan «Frayburg» yetib oldi.
Kristian Ştrayx jamoasi qatorasiga uç ğalabadan keyin qöşimça körsatkiçlar böyiça turnir jadvalida birinçi öringa çiqdi, öz tarixida ikkinçi bor öyin kunini turnir jadvalining birinçi poğonasida yakunladi. Bunday holat ilk bor 2000/01 yilgi mavsumda kuzatilgandi. «Bayyer» esa qulaşda davom etmoqda, jamoa beş turda tört bor mağlubiyatga uçradi.
Bundesligada Çempionlar ligasining ikki iştirokçisi mavsumni sinxron boşladi va dastlabki ğalabalariga faqat törtinçi turga kelib erişdi. Tabiiyki, özaro uçraşuv şu savolga javob topişi kerak edi: kim öz muvaffaqiyatini mustahkamlay oladi. «Leypsig» hozirda kötariliş jarayonidadek köringandi, hafta örtasida «hökizlar» kubok öyinida 8:0 hisobida ğalabaga erişgandi. Ammo ötgan mavsumda «Nant» safida yorqin öyin körsatgan Kolo-Muani Domeniko Tedesko uçun muammoga aylandi.
Ayni vaqtda Borre va Alario bilan raqobatda ustun kelayotgan uşbu fransuz olti daqiqa içida ikki gol uyuştirdi. Avvaliga töpni boşi bilan Kamaduga qulay qilib oşirib berdi, keyin esa jarima maydonida Rode bilan ajoyib kombinatsiya uyuştirdi, zarba berilganida esa rikoşet ham yordamga keldi. Öyinning ikkinçi qismida «Leypsig» yana ikki gol ötkazib yubordi va turnir jadvalining ikkinçi qismida qoldi. Bir yil muqaddam Tedesko jamoani inqirozdan olib çiqqandi, ammo bu safar u özining hisob-kitoblaridagi xatoliklarni tuzata olarmikin?
Bir yil muqaddam «PSJ» Fransiya Superkubogida «Nant»ni yirik hisobda mağlub etgandi, endi esa «kanareykalar»ni safarda ranjitib qaytdi. Antuana Kombuare jamoasi, albatta, köp bor xarakter körsata olgan, ammo birinçi goldan keyin Fabio çetlatilganida möjiza kutişga hojat yöqligi ayon böldi. Bu öyinda klub va terma jamoadagi sönggi 16 öyinni gol yoki golli passiz tark etmagan Neymarning seriyasi yakun topdi.
«Bojuar»da Mbappening gollariga Messi assistentlik qildi. Neymar seriyasini davom ettirişiga Kristof Galte uni zaxirada qoldirgani sabab böldi, braziliyalik futbolçi 63-daqiqada Mbappe örniga maydonga tuşdi va Nunu Mendeşning golida iştirok etdi, ammo uning hisobiga ball yozilmadi.
Kun statistikasi
«Yuventus» darvozabonlari A Seriyada sönggi 7 penaltidan 4 tasini qaytargan.
«Verder» hujumçisi Fyullkrug dastlabki beş turda 5 gol urdi. Bremenliklar futbolçisi sönggi bor 2005/06 yillar mavsumida Kloze va Klasniç tomonidan qayd etilgan natijani takrorladi.
«Tottenhem» startdagi olti turda 14 oçko töpladi — bu klub rekordi takrorlanişidir.
63-daqiqa — «Atletiko» hujumçisi Antuan Grizmann bu mavsumda tört öyinda şu daqiqada maydonga çiqdi. Ispaniyada xabar berişlariça, «matrasçilar» «Barselona»ga fransuz uçun qöşimça 40 million yevro tölamaslik uçun unga köp öyin vaqti bera olmaydi - şartnomada Grizmann ijara vaqtida öyinlarning 50 foizidan ortiğida 45 daqiqadan köproq öynasa, «Atletiko» «Barselona»ga şunça mablağ tölaşi kerakligi körsatilgan.