Örganiş işlarining navbatdagi kunida Ustyurt regionida uglevodorodlar zaxirasini östiriş Dasturi doirasida olib borilayotgan burğilaş işlari nazorat qilindi.

Jumladan, “Ğarbiy Quyi Surgil” konidagi 3-, 4-sonli va “Quyi Surgil koni” 8-, 10-sonli izlov qidiruv quduqlarida olib borilayotgan burğilaş işlari bilan yaqindan tanişildi hamda zaxiralarni östiriş borasidagi işlarni jadallaştiriş böyiça tegişli mutaxassislarga körsatmalar berildi.

Şundan söng, “Quyi Surgil” konidagi “Özneftgazburğilaş işlari” MÇJ tomonidan burğilanayotgan 26-sonli va ERIELL kompaniyasi tomonidan burğilanayotgan 23-, 24-sonli işlatiş quduqlaridagi burğilaş işlari bilan tanişib çiqildi.

Kondagi 16-sonli quduqda olib borilayotgan murakkab ta’mirlaş işlari joyidan örganildi. Örganişlar davomida quduqlarni burğilaş va ta’mirlaş işlarini olib borayotgan pudratçi taşkilotlar bilan mavjud muammoli masalalar muhokama qilinib boşqarma va tegişli departament boşliqlariga işlarni qisqa muddatlarda yakunlaş böyiça vazifalar belgilab berildi.

Bundan taşqari, boşqarmaga qaraşli texnologik obektlarda, jumladan “Arslon gazni kompleks tayyorlaş qurilmasi”da 1 ta qöşimça quvvati kuniga 3 mln kub metr gazni kompleks tayyorlaş vazifasini bajaruvçi texnologik tarmoqni quriş loyihasi böyiça amalga oşirilayotgan işlari ham joyidan körib çiqildi. 

Oldin qabul qilingan qarorlarga asosan uşbu texnologik tarmoqni quriş uçun zarur bölgan texnologik uskuna va apparatlarni Muborak va Şörtan boşqarmalari içki imkoniyatlardan ajratiş belgilangan bölib, hozirgi kungaça yetkazib berilgan texnologik apparatlar uçun temir-beton poydevorlarni quyiş işlari boşlangan.

Öz navbatida, texnologik apparatlarni içki körikdan ötkaziş, bosim ostida sinab örnatişga tayyorlaş işlari davom ettirilmoqda. Quriliş işlarini közdan keçiriş davomida qolgan texnologik apparatlar, pölat quvurlar, quvur armaturalari va boşqa zarur material-texnik resurslarni yetkazib beriş, quriliş işlarini yanada jadallaştiriş böyiça pudratçi taşkilot vakillariga va mas’ullarga körsatmalar berildi.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Ustyurt boşqarmasi böyiça 3 063,3 mln kub metr tabiiy gaz va 29,2 ming tonna gaz kondensati qazib olinib, gaz qazib çiqariş ötgan yilga nisbatan 127% ni taşkil etdi.