Qöşma Ştatlar YeI davlatlarining rossiyaliklarga Şengen vizalarini berişni çeklaş böyiça rejalarini qöllab-quvvatlamadi. AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşining strategik aloqalar böyiça koordinatori Jon Kirbi 4 sentabr, yakşanba kuni e’lon qilingan «Dojd» telekanaliga bergan intervyusida butun rus xalqini Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi uçun jazolab bölmaydi, degan fikrni bildirdi. 

«Biz rossiyaliklar uçun viza çeklovlarini joriy qildik. Bu Putinni Ukrainada qilayotgan işlari uçun javobgarlikka tortişga yordam beradigan vosita, deb hisoblaymiz. Xususan, uning oligarxiyasi a’zolarini, rejim tarafdorlarini Ukraina bilan uruş böyiça javobgarlikka tortişga yordam beradi. Ammo biz Putinning xatti-harakatlari uçun barça ruslarni javobgarlikka tortiş unumli çora emas, deb öylaymiz. Buni butun rus xalqi bilan uruşga aylantirmaslik kerak», dedi Kirbi. 

Oq uy vakiliga köra, «Ukrainada asossiz uruşni Rossiya prezidenti va uning atrofidagilar olib boryapti. Bundan ruslarning özi ham jabr körmasligi kerak». Şu bilan birga, Kirbi Ukrainada Rossiya AQŞ va NATO bilan emas, balki Ukraina xalqi bilan urişayotganini ta’kidladi. «Bu - Rossiya Ukraina xalqiga qarşi. Aynan Putin 24 fevral kuni heç qanday sababsiz, mutlaqo qonuniy asoslarsiz qöşni davlatga bostirib kirişga qaror qilgan», - dedi AQŞ rasmiysi.

Jon Kirbi, şuningdek, Rossiya prezidenti Ukraina hududidan qöşinlarni olib çiqişga qaror qilişi bilan harbiy harakatlar istalgan kun yakunlanişi mumkinligini ta’kidladi. Biroq u Putinning şunday qilişiga şubha bildirdi va şu bois Qöşma Ştatlar Ukraina armiyasiga kerak bölganda yordam berişi haqida ogohlantirdi. 

31 avgust kuni Yevropa ittifoqi mamlakatlari taşqi işlar vazirlari rossiyaliklarga vizalar berişning soddalaştirilgan tartibini bekor qilişga kelişib oldi. Şu bilan birga, ular birinçi navbatda Boltiqböyi mamlakatlari va Polşa tomonidan amalga oşirilgan Rossiya fuqarolariga vizalar berişni töliq taqiqlaş böyiça kelişa olmadi. Şu munosabat bilan Latviya, Litva, Estoniya va Polşa Rossiya fuqarolarining Yevropa vizasi bilan kirişiga çeklovlar joriy etiş masalasini körib çiqişini bildirdi.