"Özeltexsanoat" uyuşmasida NCR kompaniyasining Vengriyadagi maxsus vakili Jozef Kovaç bilan Özbekistonda yangi avlod avtomatlaştirilgan tizim bankomatlari işlab çiqarişni yölga qöyiş böyiça video-aloqa orqali uçraşuv bölib ötdi.

Kompaniya vakiliga Özbekistonda investorlar uçun yaratilgan şaroitlar, qator imtiyozlar va davlat huquqiy kafolatlari haqida ma’lumot berildi. 

Öz navbatida, Jozef Kovaç mazkur yönalişda hamkorlik qilişdan manfaatdor ekanini, kelgusida bu masala böyiça qator kelişuvlarga erişiş mumkinligiga işonç bildirdi.

NCR kompaniyasi boş qarorgohi AQŞda joylaşgan bölib, uning 160 ta mamlakatda 34 000 dan ortiq xodimlari faoliyat körsatadi. Asosiy faoliyati çakana savdo, bank, moliya va tibbiyot sohalari uçun ixtisoslaştirilgan tölov terminallari, bankomatlar, ştrix-kodlarni öqiş moslamalari işlab çiqarişdan iborat. Yillik savdo aylanmasi 4,61 mlrd dollarni taşkil etadi.