«Budapeşt uç nafar Rossiya fuqarosini Yevropa ittifoqi sanksiyalari röyxatidan olib taşlaşni söradi», deb yozadi naşr.
Naşrning ikki suhbatdoşiga köra, gap tadbirkorlar Alişer Usmonov, Petr Aven va Viktor Raşnikov haqida ketmoqda. Vengriya, şuningdek, Yevropa ittifoqidan gumanitar yordam yetkazib beriş uçun sanksiyalardan istisnolar röyxatini kengaytirişni söradi.
Naşrning yozişiça, Budapeştning iltimosi 15 sentabrgaça sanksiya qöyilgan şaxslarga nisbatan çeklovlarni uzaytiriş böyiça kelişib olişlari kerak bölgan boşqa Yevropa ittifoqi davlatlarini «ğazablantirgan». Naşr manbalariga köra, Vengriya taşabbusi «Yevropa ittifoqining boşqa mamlakatlarida [Vengriya tomonining] Yevropa sanksiyalarida böşliqlar yaratiş rejalari böyiça xavotirni kuçaytirgan, ayni paytda Yevrokomissiya qoidalarni qat’iylaştirişga intilmoqda». Diplomatlarga köra, Vengriya talablari 7 sentabr kuni Ukrainadagi vaziyatga bağişlangan yiğilişda muhokama qilinadi.
Ukrainada maxsus operatsiya boşlanganidan keyin rossiyalik işbilarmonlarga qarşi sanksiyalar 28 fevral va 15 mart kunlari joriy qilingan edi. YeIda bunday çeklovlarning rasmiy sababi biznesmenlarning Rossiya rahbariyatiga yaqinligi bilan izohlangan.
Umuman olganda, Ukraina böyiça mingdan ortiq şaxs va 80 ta taşkilotga nisbatan şaxsiy sanksiyalar qöllangan. Gap Rossiya rahbariyati, jumladan Xavfsizlik kengaşining barça a’zolari, boşqa yetakçi siyosatçilar, ommaviy axborot vositalari, Federatsiyalar kengaşi va Davlat dumasi vakillari, işbilarmonlar, yirik kompaniyalar rahbarlari haqida bormoqda.
Şaxsiy sanksiyalar qatoriga Yevropa ittifoqi mamlakatlari hududiga kirişni taqiqlaş va aktivlarni muzlatiş kiradi.
Avvalroq Yevropa ittifoqining Lyuksemburgdagi sudi Yevropa sanksiyalari ostida qolgan rossiyalik tadbirkorlarning bir qator da’volarini körib çiqayotgani xabar qilingandi. Şu tariqa, 25 may kuni Roman Abramoviçning, 24 may kuni – Mixail Fridmanning, 23 may kuni – Petr Avenning, 6 may kuni – Aleksey Mordaşovning, 29 aprel kuni – Alişer Usmonovning da’vosi qayd etildi.












