Har yili 1-sinfga qadam qöygan bolalarga 12 xil turdagi öquv qurollari, portfel va darsliklar jamlangan Prezident sovğasi beriladi. 5-sentabrdan barça ta’lim taşkilotlarida darslar boşlanganini hisobga olsak, şu kunda 702 ming nafar bola bu sovğalarni olgan bölişi kerak edi.
Ammo komplektlar hammaga ham vaqtida yetib bormagan, berilganlarining esa körinişi (ehtimol sifati ham) turliça.
Misol uçun, Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov va Izboskan tumani hokimi şu tumandagi maktablarda tarqatgan ryukzaklarni xuddi şu viloyatning boşqa tumanlarida 1-sinf öquvçilariga berilgan sovğalar bilan taqqoslaş mumkin.


Hokimlar nisbatan bejirim ryukzaklarni tarqatgan bölsa, sovğani hokimning qölidan oliş nasib qilmaganlarga didsiz, sifati va narxi gumonli sumkalar nasib qilgan.
“Hammaga qop-qora sumkalar berildi, heç bölmasa qizlarniki ajralib tursa bölardi”
Yuqoridagi suratlardan köriş mumkinki, Şuhrat Abdurahmonov qiz bolalarga qizil rangli, öğil bolalarga kök rangli sumkalar tarqatgan. Lekin viloyatning boşqa qator maktablarida aksariyat öğil-qizlarning sovğalari inkubatordan çiqqandek bir xil qop-qora.

Boz ustiga, ularning ustiga Gucci, Fila, Nike kabi xorijiy brendlar logotipi tuşirilgan. Öz-özidan ayonki, aslida bu sumkalarning birortasi original emas. Qizlardan biriga berilgan qora ryukzakka sport sumkasi deb yozib qöyilgani ham ğalati.
Mas’ullar öz farzandlariga şunday sumkani ravo körmasligi esa aniq.















