Sobiq deputat bilan uning siyosatga kirib kelişi, ilk parlamentning nega hozirgaça eslanişi, mustaqillik deklaratsiyasi va Özbekiston mustaqilligining e’lon qilinişi, buning uçun kuraşgan haqiqiy qahramonlar hamda bugungi kunlar haqida gaplaşdik.
— Oygul opa, intervyu uçun tayyorlangan savollarga birma-bir ötamiz va ularga ötişdan avval sizning siyosatga qanday kirib kelganingiz, Oliy kengaşga qanday saylanganingiz haqida gaplaşsak.
— Aslida universitetga kirgan paytimga qadar ham siyosatni u qadar xuş körmasdim desam xato böladi-kuya, lekin badiiy ijodga köproq qiziqardim. Endi öylab qarasam, adabiyotning özi siyosatning ajralmas qismi ekan. Yozuvçilar, ijodkorlar özlarining asarida öşa davr hayoti va insonlar taqdirini aks ettiryaptimi, şuning özi siyosatga daxldor. Men ham ijodkor sifatida tumanda ança tanildim. 80-yillarda maktabda öqituvçi böldim. Rais muovini böldim. Fermer xöjaligi va odamlarning içida yurib, ularning dardini qoğozga tuşirib şu tuyğu paydo böldi. Turğunlik yillari edi. Aslida uyğoniş yillari edi. Orada paxta işi çiqdi. Odamlarimiz yakka hokimlikka qarşi kuraş boşladi. Öşa paytda mening şe’rlarim siyosatga kirişimga köprik bölib xizmat qildi. Ayniqsa, 90 yil saylov boşlanişidan oldin şunday takliflar tuşdi, öşanda «Saylov töğrisida»gi qonunning bitta moddasiga yangi modda kiritildi, 100 kişidan iborat taşabbus guruhlari özlarining nomzodini körsatişlari va saylov komissiyasidan ötkaziş huquqiga ega böldi. Xuddi öşa imkoniyat kelib menga nasib qildi. Buning uçun Oqdaryo xalqidan minnatdorman. Ayniqsa, ziyoli sinf öqituvçilaridan. 6 va 2-maktabning direktorlari uyimizga kelib, Oygul, sizning şe’rlaringizni eşitib yuribmiz. Dangal çiqib gapira olasiz. Hamma narsani tuşunasiz. Sizning nomzodingizni deputatlikka qöyamiz, deb taklif qilişdi. Bir tomondan xursand böldim, bir tomondan oilamdan ruxsat olay, öylab köray, dedim. Bu hazilakam iş emas. Respublika xalq deputati böliş va öşandagi muammolarni özingiz bilasiz: paxta yakka hokimligi, gaz va svetning yöqligi. Oziq-ovqat programmasi çiqdi. Bu bekorga çiqmadi.

Yeyişga non qolmagaç, öz-özini boqişni har bir respublikaning öziga taşlaşdi. Holat şu darajagaça keldiki, men «Lenin yöli» deb nomlangan viloyat gazetasida «Ming savolga bir javob» degan maqola yozgan edim. U paytda kolxozda işlab yuribman. Raisning oldiga non sörab kelişdi. Qoğoz bering, borib dökondan non olay, deb. Rais bu odamning qarzi bor-yöqligini söradi. Hisobçi keldi-da, uning qarzi borligini aytdi va non bermadi. Xuddi şu narsa menga qattiq ta’sir qildi. Ustozim Ozod Şarafiddinov romanimning söz boşisida şu haqda yozib ötgan. «Bu voqea Afğonistonda emas,Özbekistonda bölgan. Oygul şu voyealarni körib, şu asarni yozgan». Demak, siyosatga kirib kelişimga şu sabab bölgan. Qarang, xalqning içida yaşab, xalqning dardi bilan yurganim sabab. Et bilan tirnoqni ajarata olmaysiz. Oldin iqtisod, keyin siyosat, deyişadi-ku. ammo ikkalasini bir-biridan ajratib bölmaydi. Iqtisod qiynalyaptimi, siyosatning notöğri ekanligi kelib çiqdi. Öşa maqolamda nega özbek paxtasi jahon bozorida şunça narxda turadi-yu, nega kolxozçiga falon miqdorda tölanadi, deb körsatganman. Nima uçun dehqon nonga pul topa olmaydi-yu, jahon bozorida uni maqtaymiz? Öşa narsalarni kötarib çiqdim. 90-yillarda şu saylovda nomzodimni qöydim. Ikki maktab meni qöllab-quvvatladi. Ikkinçi tomon Kommunistik partiya edi. U Respublika KGB örinbosari Yuriy Sariyeviç edi. Juda katta kuraş böldi. Şu uç oy davomida Oqdaryo xalqi hammasi familiyamni eslab qolişgan. Saylovda qatnaşib, uçraşuvlarga borganimizda u kişi ham kelib gapiradi. Raykom, raykomning hamma apparati, militsiya u tomonda, u kişini katta-katta maşinalarda olib borişadi. Biz esa öqituvçilar bilan bitta maşinani topib, şu maşina bilan aylanganmiz barça uçraşuvlarni. Odamlar qarab, xulosa qilişdi-da. Men çiqib, agar deputat böladigan bölsam, faqat tuman emas, paxta işini hal qilamiz yoki narx-navoni hal qilamiz, degan dastur bilan çiqdik. 18 fevral kuni saylov böldi. 68 foiz ovoz töplab, ğolib böldim. Bayram bölib ketdi. Keçasi bilan saylovçilarim tabriklab bayram qilişdi. Rahbariyatdan odam kelib tabrikladi. Bu bir ayol uçun juda katta baxt-da.













