Uning ma’lumotiga köra, Baxt ar-Rahmon Şarofatning taşrifidan maqsad Özbekiston, Afğoniston, Qirğiziston va Xitoy örtasidagi transport yölagi loyihasini işlab çiqiş bölib, bu ğoya bir oy avval video-konferensiya orqali muhokama qilingan edi.

Termiz şahridagi Afğoniston konsulligida qöşni davlat delegatsiyasi Afğoniston fuqarolarini öqitiş ta’lim markazi direktori Oybek Röziyev bilan uçraşdi. Ularga temiryöl sohasida öqişni tamomlagan afğonlarning diplomlari topşirildi.

Oybek Röziyev Toşkentdan afğon talabalari uçun ta’lim grantlarini köproq ajratişni sörayotganini ma’lum qildi.

Özbekiston, Afğoniston, Qirğiziston va Xitoy vakillari «yangi iqtisodiy yölak quriş»ni muhokama qilişi kutilmoqda.