AQŞ hukumati Ukraina va Rossiya “kelajakda tahdid solişi mumkin bölgan” yana 18 mamlakatga 2 mlrd dollarlik qöşimça kredit va kafolatlar ajratilişini tasdiqladi. 

Yangi harbiy yordam töğrisida AQŞ davlat kotibi Entoni Blinkenning Kiyevga taşrifi fonida ma’lum qilindi. Endi kongress mablağ ajratilişini ma’qullaşi kerak.

Uşbu mablağning bir mlrd dollarga yaqinini Ukraina, qolganini esa Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Bolgariya, Xorvatiya, Çexiya, Estoniya, Gruziya, Gretsiya, Kosovo, Latviya, Litva, Moldova, Çernogoriya, Şimoliy Makedoniya, Polşa, Ruminiya, Slovakiya va Sloveniya oladi.

Bu Kiyevga avvalroq ajratilgan 675 mln dollarga qöşimça yordam hisoblanadi.

Davlat departamenti vakilining sözlariga köra, Ukraina va 18 mamlakatning xavfsizligini oşiriş uçun moliyaviy yordam zarur. 

Avvalroq Pentagon rahbari Lloyd Ostin AQŞ prezidenti Jo Bayden Kiyevga 675 mln dollarlik yangi harbiy yordam paketini ma’qullaganini ma’lum qilgandi.