AQŞ prezidenti Jo Bayden Kiyevga 675 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini ma’qulladi, deb xabar berdi Pentagon rahbari Lloyd Ostin 8 sentabr, payşanba kuni Germaniyadagi AQŞning «Ramştayn» harbiy bazasidagi Ukraina böyiça aloqa guruhi yiğilişida.

«Bu - ötgan yil avgust oyidan beri Bayden ma’muriyati tomonidan AQŞ zaxiralaridan Ukrainaga 20-texnikalar töplamini jönatişdir», dedi Ostin. Yangi harbiy yordam paketi 105 millimetrli gaubitsalar, GMLRS yuqori aniqlikdagi reaktiv snaryadlar va artilleriya öq-dorilarini öz içiga oladi, dedi u.

Avvalroq The Washington Post xabar qilganidek, yangi yordam paketiga, jumladan, HIMARS yalpi öt oçiş raketa tizimlari uçun öq-dorilar, harbiy maşinalar, askarlar uçun uskunalar va boşqa jihozlar kiradi. 

Ostinning ta’kidlaşiça, ittifoqçilarning Ukrainaga harbiy yordami öz samarasini bermoqda. «Biz jang maydonidagi sa’y-harakatlarimizning yaqqol muvaffaqiyatini köryapmiz», — dedi Pentagon rahbari. 

Avgust oyi oxirida Pentagon Ukrainaga uruş boşlanganidan buyon qariyb 3 milliard dollarlik eng yirik harbiy yordam paketini e’lon qildi. Mablağlar Ukrainaga xavfsizlik böyiça kömaklaşiş taşabbusi (USAI) doirasida taqdim etilgan bölib, u Bayden ma’muriyatiga qurollarni mavjud qurol zaxiralaridan oliş örniga harbiy sanoatdan sotib oliş imkonini beradi. 

Umuman olganda, avgust oyi oxirida Amerikaning Ukrainaga harbiy yordami miqdori 10,6 milliard dollarga yetdi, deb hisoblaydi Reuters. 

Bir kun avval CNN Pentagon Ukraina armiyasini örta va uzoq muddatda, jumladan, Rossiya bilan uruş tugaganidan keyin qöllab-quvvatlaş rejasini tayyorlayotgani haqida xabar bergan edi. CNN manbalariga köra, AQŞ Mudofaa vazirligi Ukraina tomoni bilan birgalikda reja işlab çiqmoqda. Tahlil yaqin oylarda yakunlanişi kutilmoqda, şundan söng u prezident Jo Baydenga tasdiqlaş uçun kiritiladi. Reja, Vaşington fikriça, Ukraina Qurolli kuçlarini optimal rivojlantiriş böyiça yöl xaritasini taqdim etadi.