Bu haqda Özbekiston Markaziy banki matbuot xizmati xabar berdi.
MB ma’lumotiga köra, avgust oyida yillik inflatsiya darajasi 12,3 foizni taşkil qilgan. Yillik inflatsiya tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 16,3 foizga, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar narxi mos ravişda 10,9 foizga va 7,1 foizga oşdi.
Avgust oyi natijalariga köra, aholining inflatsiya kutilmalari keyingi 12 oyda 15,3 foizga, tadbirkorlarniki 14,1 foizgaça kamaygan, biroq joriy inflatsiya darajasidan yuqoriligiça qolmoqda.
Şuningdek, joriy yilda şakllangan bazaviy inflatsiyaning ösiş tendensiyasi iqtisodiyotda inflyatsion xatarlari saqlanib qolayotganidan dalolat beradi.
Yillik bazaviy inflatsiya avgust oyida 12,4 foizni taşkil etdi va uning asosiy inflatsiyaga qöşgan hissasi 9,4 foiz punktiga kötarildi.












