DutchNews xabariga köra, göşt reklamasini taqiqlaş haqidagi qaror rasman ötgan haftada e’lon qilindi va u 2024 yildan kuçga kiradi.

Natijada, 160 ming aholi yaşovçi Haarlem göşt reklamasini taqiqlagan dunyodagi birinçi şaharga aylandi. Bunga sabab tijorat miqyosidagi çorvaçilik issiqxona gazlari çiqindilarida katta uluşga ega ekani körsatilgan.

Niderlandiyaning boşqa şaharlari — Amsterdam, Haaga va Leyden ham reklamalarni taqiqlaş orqali iqlim özgarişiga qarşi kuraşmoqda. Biroq ular hozirça faqat aviaparvozlar, içki yonilği dvigateliga ega avtomobillar va yoqilği qazib oluvçi kompaniyalar reklamasini taqiqlagan. Hozirça göştga navbat kelmadi.

Göşt reklamasini taqiqlaş töğrisidagi qonun loyihasi mahalliy Yaşillar söl partiyasi (GroenLinks) tomonidan Haarlem şahri kengaşiga taqdim etildi.

«Göşt ham atrof-muhitga katta zarar keltiradi. Odamlarga iqlim inqirozini tuşuntiriş va bir vaqtning özida buning sabablaridan biri bölgan tovarlarni sotib olişga undaş mumkin emas», deydi şahar kengaşidagi «yaşillar» partiyasi vakili Ziggi Klazes.

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti ekspertlari fikriga köra, çorvaçilik sohasi hozirda barça issiqxona gazlarining taxminan 14 foiz uluşiga ega, asosan metan sifatida. Uning asosiy manbayi sigirlar, ikkinçi örinda qöylar.

Ehtimoliy sud da’volari

Haarlemning qarori, kutilganidek, mamlakat göşt sanoatiga yoqmadi, u yaqinda «Niderlandiya — göşt mamlakati» deb nomlangan reklama kampaniyasini boşlagandi. Ular vatandoşlarini göşt iste’mol qilişga undab, uning mazali va foydali, iqtisodiyot uçun daromadli ekanini tarğib qilişdi.

«Hukumat odamlarga nima qiliş kerakligini örgatiş borasida haddidan oşib ketyapti», dedi Niderlandiya göşt sanoati markaziy taşkiloti vakili.

Haarlem şahri kengaşidagi muxolifat, jumladan «Niderlandiya manfaati» öng partiyasi (BVNL) vakili ham bu qarordan norozi. Uning fikriça, bu tadbirkorlik erkinligi va çorvaçilikka zarba beradi.

«Siyosiy sabablarga köra reklamani taqiqlaş — deyarli diktatura», dedi BVNL deputati Joi Rademaker.

Groningen universiteti huquq professori Herman Bryoringning fikriga köra, Haarlem kengaşi qaroridan norozi bölganlar, masalan, savdo kompaniyalari söz erkinligi buzilgani uçun sudga da’vo arizasi berişi, bu esa qiziqarli sud jarayoniga olib kelişi mumkin.