Özbekiston oliy ta’lim vaziri birinçi örinbosari Komil Karimov Xalqaro akademik reytinglar assotsiatsiyasi (IREG) prezidenti Valdemar Sivinski va Polşa delegatsiyasi vakillarini qabul qildi.

Uçraşuvda  IREG xalqaro akademik reytinglar assotsiatsiyasiga Özbekiston oliy ta’lim muassasalari a’zoligini köpaytiriş, 2023 yil aprel oyida Özbekistonda IREG-2023 xalqaro konferensiyasi, Özbekiston va Polşa rektorlari forumi, Polşa oliy ta’lim muassasalari körgazmasini ötkaziş masalalari muhokama qilindi. 

- Polşa tibbiyot va muhandislik-texnika sohasidagi qator universitetlari Özbekiston turdoş oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalar örnatişga qiziqiş bildirmoqda, - deya ta’kidladi Valdemar Sivinski. - Varşava stomatologiya akademiyasi Toşkent davlat stomatologiya institutida yölga qöyilgan davolaş texnologiyalari böyiça tajriba almaşişni maqsad qilgan.

Polşa vakillari muhim ta’lim yönalişlari sifatida suv resurslaridan foydalaniş, ekologiyani himoya qiliş, muhandislik-texnika yönalişlarida turli hamkorlik şakllarni işlab çiqişni taklif etdi.

Muzokaralar natijasida respublika ta’lim dargohlari xalqaro ta’lim maydonida tan olingan reytinglarga kiriş borasida qöyilgan vazifalar ijrosini jadallaştiriş maqsadida IREG -2023 xalqaro konferensiyasini Özbekistonda ötkazişga kelişib olindi.