Prezident matbuot xizmati xabariga köra, uşbu tadbir ŞHT yetakçilarining 2019 yildan buyon birinçi yuzma-yuz uçraşuvi böladi va Özbekistonning taşkilotdagi raisligiga yakun yasaydi.

Ma’lum qilinişiça, Samarqand sammitida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Xitoy raisi Si Tszinpin, Hindiston boş vaziri Narendra Modi, Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, Möğuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan iştirok etadi. 

Rasmiy xabarda Özbekiston raisligi davrida asosiy e’tibor taşkilot doirasidagi hamkorlik savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş, sanoat kooperatsiyasini ilgari suriş, transport-kommunikatsiya özaro boğliqligini kengaytiriş, raqamli transformatsiya va "yaşil" iqtisodiyot, ŞHT xalqaro nufuzini mustahkamlaş kabi eng muhim ustuvor yönalişlariga qaratilgani aytiladi.