Sammit 8-9 sentabr kunlari “Parlament yetakçi roli: yanada samarali barqarorlik va farovonlikni ta’minlaşda xavf-xatarni baholaş” mavzusida bölib ötmoqda. Forumda BMT, parlamentlararo ittifoq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti parlamentlararo assambleyasi, MDH parlamentlararo assambleyasi rahbarlari, 17 ta davlat parlamentlari 120 dan ortiq vakillari iştirok etmoqda.

Sammitda parlamentlar oldidagi ustuvor vazifalar va pandemiya sababli yuzaga kelgan inqiroz jarayonlarida gender tengligini kafolatlaş, barqaror rivojlaniş va farovonlikni ta’minlaş, ayollar iqtisodiyot tiklanişidagi imkoniyatlarini kengaytiriş sohalaridagi harakat yönalişlari muhokama qilinadi.

Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlari 14-sammitini Özbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva oçdi. Tadbir avvalida davlat rahbari matbuot kotibi Şerzod Asadov prezident Şavkat Mirziyoyevning xalqaro forum iştirokçilariga yöllagan murojaatini öqib eşittirdi.

Parlamentlararo ittifoq 200 ga yaqin mamlakat parlamentlarini birlaştiradi va muloqot uçun eng yirik platforma hisoblanadi. Ötgan yili Venada bölib ötgan parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlari sammitida navbatdagi anjumanni Özbekistonda ötkazişga qaror qilingandi.