AQŞ Moliya vazirligi Eronning Safiran Airport Services kompaniyasiga qarşi sanksiyalar joriy etilganini ma’lum qildi. AQŞ rasmiylariga köra, uşbu kompaniya «Rossiyaning Eron va Rossiya örtasidagi harbiy parvozlarini, şu jumladan Eron UUAlari, xodimlar va tegişli jihozlarni Erondan Rossiyaga taşiş bilan boğliq parvozlarni muvofiqlaştirgan», deyiladi bayonotda. Vaşington Rossiya Ukrainaga qarşi uruşda Eron dronlaridan foydalanmoqçi, deb hisoblaydi. 

«Rossiya Ukrainaga qarşi sababsiz uruşni davom ettirişning tobora umidsiz yöllarini tanlamoqda, ayniqsa bizning misli körilmagan sanksiyalarimiz va eksport çeklovlarimiz şaroitida», - dedi AQŞ moliya vaziri Brayan Nelson öz bayonotida. 

Safiran’dan taşqari, Eronning uç dron kompaniyasi - Paravar Pars Company, Design and Manufacturing of Aircraft Engines (DAMA) va Baharestan Kish Company, şuningdek, uning boşqaruvçi direktori Rahmatulloh Haydariy ham AQŞning yangi sanksiyalari ostida qoldi. Bu kompaniyalarning barçasi Eron qurolli kuçlari uçun UUA işlab çiqaradi. 

16 iyul kuni CNN telekanali Rossiya hukumati delegatsiyasi harbiy dronlarni tekşiriş uçun Eronning Koşan aerodromiga ikki marta taşrif buyurgani haqida xabar berdi. Bundan sal oldin AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan «Eron hukumati Rossiyaga tezlaştirilgan asosda bir neça yuztagaça UUA, jumladan, qurol olib yurişga qodir UUAlar berişga tayyorlanayotganini» aytgan edi. 19 iyul kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tehronda Eron yetakçisi Ibrohim Raisiy bilan uçraşdi. 

Avgust oyi oxirida The Washington Post naşri Eron Rossiyaga kamida ikki turdagi jangovar uçuvçisiz uçar apparatlar - Mohajer-6 i Şahed’ni yuborganini, Rossiya Qurolli kuçlari Ukrainaga qarşi uruşda ulardan foydalanişni rejalaştirganini yozgan edi. AQŞ razvedkasiga yaqin manbalarga köra, Rossiya harbiylari Eron UUAlarining birinçi sinovlaridan norozi bölgan, çunki köplab nosozliklarga duç kelgan. Biroq, WP naşriga köra, Moskva Tehrondan yuzlab şunday dronlarni sotib olmoqçi.