Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi a’zolari, vazirlar lavozimiga tayinlanişidan avval ular nomzodi Qonunçilik palatasida deputatlar tomonidan körib çiqiladi.

Bugun, 9 sentabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda deputatlar Özbekiston taşqi işlar vaziri lavozimiga Vladimir Norov nomzodini körib çiqdi va ma’qulladi.

Ma’lumot uçun, joriy yil aprel oyi oxirlarida Özbekiston prezidenti tegişli farmonlari bilan Taşqi işlar vazirligida özgarişlar amalga oşirilgandi. 

Unga köra, Özbekiston taşqi işlar vaziri lavozimini egallab kelgan Abdulaziz Komilov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibining taşqi siyosat va xavfsizlik masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Vladimir Norov Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi, uning zimmasiga Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri vazifasini bajariş yuklatildi.

1955 yilda Buxoroda tuğilgan Vladimir Norov 2006 yil 12 iyuldan 2010 yil 12 yanvargaça – Özbekiston taşqi işlar vaziri bölib işlagan.

U turli yillarda turli mamlakatlarda elçi sifatida faoliyat körsatgan (1998—2003 yillarda — Özbekistonning Germaniyadagi, örindoşlik asosida – Polşa va Şveytsariyadagi elçisi. 2005—2006 yillarda — Özbekistonning Belgiyadagi elçisi. 2013 yil 27 avgustdan — Özbekistonning Belgiyadagi elçisi. 2014 yilning 2 dekabridan Özbekistonning Lyuksemburgdagi elçisi).

Vladimir Norov 2017 yil mayida Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga direktor etib tayinlangan. 2019-2021 yillarda Şanxay hamkorlik taşkiloti Boş kotibi lavozimida işlagan. Favqulodda va muxtor elçi diplomatik darajasiga ega.