Birlaşgan millatlar taşkilotining Ukrainadagi inson huquqlari monitoringi missiyasi 24 fevraldan buyon mamlakatda yuzlab odamlarning «sababsiz qölga olinişi va majburan ğoyib bölişi» holatlarini hujjatlaştirgan. Bu haqda 9 sentabr kuni missiya rahbari Matilda Bogner Odessadagi matbuot brifingida ma’lum qildi.

Bognerning sözlariga köra, kamida 416 ta şunday hibsga olişlar Rossiya armiyasi yoki unga ittifoqçi qurolli guruhlar nazorati ostidagi hududlarda amalga oşirilgan. Ulardan 116 ta holatda hibsga olinganlar ozod qilingan, 16 ta holatda ular keyinçalik ölik holda topilgan. Şuningdek, BMT missiyasi Ukraina xavfsizlik kuçlari tomonidan 51 ta asossiz hibsga olişlar va Ukraina hukumati nazorati ostidagi hududlarda odamlarning «majburiy yöqolib qolişi»ning yana 30 ta holatini hujjatlaştirgan.

Brifing çoğida Rossiya tomonidan boşlangan uruş natijasida Ukrainaning tinç aholisi orasida qurbon bölganlar soni e’lon qilindi. BMT ma’lumotlariga köra, hozirda bu - kamida 14 059 kişi. Ulardan 5767 nafari halok bölgan, 8292 nafari yaralangan. Bognerning ta’kidlaşiça, bu faqat tasdiqlangan holatlar va haqiqiy raqamlar ança yuqori bölişi mumkin.

Matilda Bogner harbiy asirlar bilan boğliq vaziyatga alohida töxtalib ötdi. Uning ta’kidlaşiça, Ukraina hukumati BMT monitoring missiyasiga özlari nazorat qilayotgan hududdagi harbiy asirlarni saqlaş joylariga töliq kiriş huquqini bergan. Biroq, Rossiya buni amalga oşirmadi - na öz hududida, na Ukrainaning bosib olingan hududlarida.

«Rossiya qöşinlari yoki Rossiyaga qaraşli guruhlar tomonidan uşlab turilgan harbiy asirlar qiynoqqa solingani va şafqatsiz munosabatda bölingani, ayrim qamoqxonalarda yetarliça oziq-ovqat, suv ta’minoti, dori-darmon va sanitariya-texnik vositalar yöqligi - biz hujjatlaştirgan holatlar nuqtayi nazaridan bu yanada taşvişliroq», - dedi Bogner. Uning sözlariga köra, harbiy asirlar köplab yuqumli kasalliklar, jumladan gepatit A va sil kabi kasalliklardan aziyat çekayotgan Olenivka koloniyasidagi vaziyat alohida taşviş uyğotadi. 

BMT, şuningdek, Rossiya va rossiyaparast kuçlar tomonidan harbiy asir sifatida saqlanayotgan bir neça homilador ayollardan xabardor. Bogner Rossiyani insonparvarlik nuqtayi nazaridan bu ayollarni zudlik bilan ozod qilişga çaqirdi.